7 kun davomida 12 ta festival: KNAUF Quruvchilar kunini nishonlashga taklif etadi

IMG_20230810_123557_125.jpg

Bayram tadbirlari O‘zbekistonning 12 ta shahrida, 13–19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bayram hududlariga kirish vs barcha tadbirlar ishtirok etish – bepul.

13-avgustda O‘zbekistonda KNAUF tomonidan Quruvchilar kuni sharafiga tashkil etilgan strit-festivallar ketma-ketligi start oladi. Tadbirlar Toshkentda boshlanadi, so‘ngra butun mamlakatni qamrab oladi. Festivallar shaharliklarning sevimli maskanlari: bog‘lar, maydonlar, savdo markazlarida o‘tkaziladi.

KNAUF tadbirlariga kirish doimo hamma uchun ochiq, barcha tadbirlar – bepul.

«Quruvchilar kuni munosabati bilan katta xalq saylini tashkil etish – O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasining yaxshi an'analaridan biri. Biz quruvchilar va ustalar bilan ishlaymiz va ishchi kasblarni ommalashtirish hamda jamiyatda ularning obro‘sini oshirish qanchalik muhim ekanini bilamiz.

Festival shiori – «GoKo’chaga!» - bu monitorlar ortida unutilayotgan jonli, insoniy muloqotga chorlovdir. Kompyuter, televizor va gajetlarni bir oqshom bo‘lsa ham, chetga suring. KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash uchun keling», — dedi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash quyidagilarni ifoda etadi:

     ● bejirim gips haykalchani tanlab, o‘z qo‘lingiz bilan bo‘yash – festival jajji mehmonlarining sevimli mashg‘uloti;

     ● g‘ayrioddiy fotohududda oilaviy yoki do‘stlar davrasida suratga tushish;

     ● devorlarga suratlar chizish. Bu safar munkin bo’ladi!

     ●  do‘stlar bilan basketbol o‘ynash. Kim ko‘proq ochko yig‘adi?

     ● ko‘cha o‘yinlarida bolalikni yodga olish. Lanka, arqon sakrash, klassik o‘yinlar o‘ynashga tayyormisiz?

     ● raqs bo‘yicha mahorat saboqlarida g‘ayrat-shijoatga to‘lish.

KNAUF kompaniyasi doim bolalarga alohida e'tibor beradi. Quruvchilar kuni sharafiga o‘tkazilayotgan festivallarda animatorlar jajji mehmonlarga havo sharlari va suvenirlar hadya etadilar. Yoshi katta mehmonlarni sovrinli tanlovlar kutadi.