Toshkentda Me'mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Arxitektura – bu faqatgina inshoot yoki shunchaki oddiy devor emas: III Me'mor arxitektura tanlovining yakunlari e'lon qilindi

Toshkentda Me'mor//2023 arxitektura ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Mukofot 2022–2023 yillarda O‘zbekistonda yaratilgan eng yaxshi arxitektura, dizaynerlik, urbanistik va jurnalistik ishlarni qayd etdi.

30-sentyabr kuni “Ilhom” teatrida Me'mor//2023 g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. KNAUF kompaniyasi bu tadbirni O‘zbekistonda uchinchi marta o‘tkazmoqda. Bu yilgi mazvuni tanlashda tashkilotchilar dunyoga mashhur arxitektor, Pritsker mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk ayol – Zaha Hadidning “Arxitektura – bu faqatgina inshoot yoki shunchaki devor, deb o‘ylamayman. U bizni tinchlanish, idrok qilish uchun uyg‘otishi lozim. Arxitektura – bu inson o‘zini makonda qanday his qilishidir”,- degan so‘zlaridan ilhom oldilar.

Tashkilotchilarga butun respublikadan 332ta ariza kelib tushdi. Short-listga arxitektor va interyer dizaynerlaridan 38ta, soha OTMlari talabalaridan 12 ta ish va jurnalistlardan 10 ta ish kelib tushdi.

“Me'mor tanlovi respublika ko‘lamiga chiqqani bizni quvontiradi. Bu gal 2021-yildagiga qaraganda 37% ko‘proq ariza oldik. Har bir loyiha muhim, chunki u arxitektorlar, urbanistlar va shaharsozlar mamlakatimizning bo‘lajak arxitektura qiyofasini qanday ko‘rishlarini namoyon etadi.

Muhimi – tanlov ishtirokchilari xorijiy hay'at fikr-mulohazasi bilan tanishishlari mumkin. Bu odatiy yondashuvlar va yechimlarga yangicha nazar tashlash imkonini beradi, shuningdek kelgusi kasbiy kamolot uchun rag‘bat bo‘ladi. Me'mor//2023`da qatnashgan barchaga minnatdorlik bildiramiz. KNAUF kompaniyasi O‘zbekistonda hayot sifatini oshiruvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi”,- deya, qayd etdi KNAUFning O‘zbekistondagi korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

An'anaga ko‘ra, eng yaxshi loyihalarni xalqaro hay'at saraladi. Me'mor//2023da O‘zbekiston, Gruziya, Ruminiya, Ukraina, isroillik arxitektorlar, loyihachilar va urbanistlar hakamlik qildilar. Ular yechimlarning kreativligi va innovatsiyaga boyligini, obyektlar estetikasi va funksionalligini, mahalliy arxitektura an'analariga rioya etilgani va barqaror arxitektura g‘oyalariga amal qilinganini baholadilar.

“Me'mor arxitektura tanlovi soha vakillari keng yo‘l ochadi: talabalarga – bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat uchun, arxitektorlarga – sog‘lom raqobat muhiti uchun. Mamlakat va shahar uchun esa, bu musaffo arxitektura havosidan nafas olish demakdir.

Taqdim etilgan loyihalarning yuqori darajada ekanligini qayd etmoqchiman. Interyer va individual uylarning ajoyib loyihalarini ko‘rdim. Ammo ko‘p qavatli qurilishlar borasida O‘zbekiston qaysi yo‘nalishda rivojlanayotgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish kerak: autentik arxitektura saqlanib qoladimi yoki zamonaviy va go‘zal obyektni yaratib, shu bilan birga taniqlilikni asrab qolish uchun betakror yechim tanlaydimi. Shuningdek, landshaft loyihalashtirishga, va umuman shahar muhitini loyihalashga ko‘proq e'tibor berish lozim”, — dedi, Me'mor//2023 koordinatori Nataliya Xilko (Ukraina).

Me’mor//2023da amalga oshirilgan obyektlar bilan bir qatorda ro‘yobga chiqarish bosqichiga yetib bormagan loyihalar ham qatnashdi. Umumiy mukofot fondi 215 mln so‘m bo‘ldi. Ikkita maxsus toifa – gran-pri va eng yaxshi jurnalistik materialdan tashqari, Me'mor//2023 hay'ati yana 3 ta loyihani e'tirof etishga qaror qildi. Taqdirlash kuni tanlovning short-listiga kirgan loyihalar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Me’mor//2023 sovrindorlari: arxitektorlar va interyer dizaynerlari

Toifa Nominatsiya Loyiha Byuro Muallif/mualliflar jamoasi

1

Turar joy binolari

1.1. Alohida turar joy

“Botanika” alohida turar joy, loyiha

MERIDIAN GRAPHICS

Farrux Sharaxmedov, Islom Toirov, Abduqodir Alimov, Bobur Tursunboyev

2

Jamoat binolari

2.1. Tijoriy obyekt

Xiva sh.dagi sayyohlik markazi, loyiha

NUFUZ

Shahzod Miyzomov, Rustam Raxmatov, Bobomurod Purxonov, Abdulmuqsit Fozilov, Kumushxon Munavvarova, Mahmud Jamolov, Jasmina Dilshodova

2.2. Ma'muriy bino

Cambridge International University Tashkent, qurilish

MERIDIAN GRAPHICS

Farrux Sharaxmedov, Obidov Obid, Islom Toirov, Mirkamol Shukurov, Mirodilla Akbaraliyev

Ishratxona maqbarasi yonidagi islom madaniyat markazi, Samarqand, loyiha

WISE DESIGN

Rahmatov Shahzod Karim o‘g‘li

3

Dizayn

3.1. Xona interyeri

Lil Interium, Toshkent, qurilish

MERIDIAN GRAPHICS

Farrux Sharaxmedov, Mirkamol Shukurov, Bobur Tursonboyev

Brescia Italy dagi apartamentlar, loyiha

LASPHERA DESIGN BUREAU

Andrey Kim, Eduard Tyugay, Ilya Kim, Leyla Taxirova, Aleksey Chernov

3.2. Milliy an'analardagi interyer

Toshkent metropoliteni “Yunusobod” metro bekati interyerining dizayni, loyiha

O'ZSHAHARSOZLIK LITI

Turgunbayev Ilgiz Ismailovich


Me’mor//2023 sovrindorlari: talabalar

Toifa Nominatsiya Loyiha Byuro Muallif-talaba

1

Turar joy binolari

1.2. Ko‘p qavatli turar joy

Ko‘p seksiyali o‘rtacha qavatli turar joy majmuasi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Tohirova Malika Sherzod qizi

2

Jamoat binolari

2.1. Tijoriy obyekt

Maktabgacha ta'lim muassasasi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Jabborova Oydin Baxtiyor qizi, Sagdullaeva Nozima

3

Dizayn

3.1. Xona interyeri

Yosh oila uchun yotoqxona

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti

Alimov Abduqodir Zohid o‘g‘li

4

Obodonlashtirish

4.2. Jamoat joyi dizayni

Qarshi shahri sohilbo‘yi landshaftining loyihasi

Toshkent kimyo xalqaro universiteti

Umarkulova Shaxodat Mashrab qizi


Me’mor//2023 sovrindorlari: maxsus toifalar

Toifa Nominatsiya Loyiha Byuro/OAV Muallif/Mualliflik jamoasi

1

Gran pri

1.1. Alohida turar joy

Rammed Earth House, Bo‘stonliq tumani, Bog‘iston posyolkasi, loyiha

BAYTI MEMOR

Mahmudov Otabek Shuhrat o‘g‘li, Matrasulova Sojida Davronbek qizi

2

KNAUF mukofoti

2.1. Tijoriy obyekt

Tepa mahallasidagi taunxaus, qurilish

LASPHERA DESIGN BUREAU

Andrey Kim, Eduard Tyugay, Ilya Kim, Leyla Taxirova, Lilya Satvaldiyeva

3

Hay'at mukofoti

2.1. Tijoriy obyekt

Samarqandning qadimiy qismida kumush rastalarni qayta tiklash, loyiha

28 M2 FACADE DESIGN

Shirinov Sherzod Shavkat o‘g‘li

4

Hay'at mukofoti

2.1. Tijoriy obyekt

MAPLE BEARning Kanada maktabi va bolalar bog‘chasi loyihasi, loyiha

SS MEMORS ARCHITECTURE

Sardorbek Sadikov, Urazbaev Islambek, Tursunqulov Husniddin, Muslima Fayzieva

5

Jurnalistika

4.2. Jamoat joyi dizayni

Yog‘inlarni raqamlashtirish.

Toshkent shaharni suv bosishi muammosini qanday hal qilishni rejalashtirmoqda?

Gazeta.uz

Sabina Bakayeva



Taqdirlash marosimidan suratlar