Knauf va Ezgu Amal jamg'armasining xayriya niqobi bilan o'tkazilgan aksiyasi natijalari
Knauf va Ezgu Amal jamg'armasining xayriya niqobi bilan o'tkazilgan aksiyasi natijalari
Quruvchilar kuni munosabati bilan Knauf Instagram-niqobni ishga tushirdi, uning har bir ishlatilishi uchun Ezgu Amal jamg'armasi vasiylik qiladigan shaxslarga 5 ming so'mdan mablag’ o’tkazildi. Xayriya tadbiri davomida ushbu niqob storislarda 366 marta ishlatilgan.
"Har yili Knauf bir qator xayriya tashabbuslarini amalga oshiradi. Kompaniya mehribonlik uylari, maktablar, tibbiy va diniy muassasalar, shuningdek, "Jayron" ekoqo'riqxonasiga yordam ko'rsatib keladi. Yaxshilik qilish uchun bahona izlashning keragi yo'q deb bilamiz va yordam berish istagining qiymati moliyaviy yordam qiymatidan kam emas deb hisoblaymiz. Shu tariqa xayriya niqobi bilan bog'liq g'oya paydo bo'ldi. Uni amalga oshirishda xayrli ishga o'z hissasini qo'shishni istagan har bir kishi ishtirok etishi mumkin edi.
Har kuni Instagramda yuzlab ko'ngilochar talqindagi storislar nashr etiladi, biz esa ularni ehtiyojmand insonlar uchun samarali yordam vositasiga aylantirishga qaror qildik. Shartga ko’ra, niqoblar yordamida storis joylashtirish talab etilgandi. Storislarning soni chegaralanmagan edi va har bir storis evaziga jamg’arma hisobiga 5 ming so’m ko’rinishida mablag’lar tushirildi. Afsuski, faollik kutilganidan pastroq bo'ldi: to'plangan summa 1,8 million so'mni tashkil etdi. KNAUF kompaniyasi uni 8 million so'mga oshirib, mablag’ni Ezgu Amal jamg'armasiga yuborishga qaror qildi. Ushbu xayriya tashabbusini bee'tibor qoldirmagan va uni qo'llab-quvvatlagan insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Yuqori faollik namoyish etib, befarq bo'lmaganingiz uchun rahmat“, - dedi “KNAUF GIPS Buxara” MChJ XKning marketing va reklama bo'limi boshlig'i Hilola Yakupova.
Pul saraton kasalligiga chalingan insonlar, kam ta'minlangan oilalar, alohida ehtiyojmand insonlar, yolg'iz ota-onalarga yordam tariqasida beriladi.