S 683 namlikka chidamli berkitma

PSh 60×27 profildan yasalgan metall karkasda bir yoki ikki sathli AKVAPANEL® Ichki plitalari bilan qoplangan devor qoplamasi

Bir / ikki devor qoplamasi qatlami uchun koʻrsatkichlar:

  • Massa 1 kv. m.–  20 kg / 35 kg atrofida.
  • Devor qoplamasining minimal qalinligi – 45 mm / 58 mm atrofida;
  • Devor qoplamasining maksimal balandligi - 10 metrgacha.

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:

Bir / ikki qatlamli devor qoplamasi uchun koʻrsatkichlar:

  • (1) AKVAPANEL®Ichki sement plitasi 12,5 mm - 1,0 m2 / 2,0m2 ;
  • (2) KNAUF-profil PSh (60×27)- 2,0 pog. m;
  • (3) KNAUF-profil PY 28×27- 0,7 dona;
  • (4) Akustik pardevor” (“AkustiKNAUF”) mineralli tovush izolyatsiyasi (“АкустиКНАУФ”,“КНАУФ Терм® СтенаPRO”, “КНАУФ Терм® ДОМ”) - 1,0** m2;
  • (5) Toʻgʻri osma 60×27 - 0,7 dona;
  • (6) Zichlovchi tasma - 0,7 +0,1 pog.m.;
  • (7) Dyubel-mix 6×40 - 1,6 dona;
  • (8) Burama mix LN 9 - 1,5 dona;
  • (9а) Burama mix SN 25 - 15 dona;
  • (9b*) Burama mix SN 39 - 0 dona/ 15 dona;
  • (10*) Profil uzaytirgich-** dona;
  • (11) Choklar uchun yelim- 50 ml. 100 ml.

* Rasmda pozitsiya aks etmagan.

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • S 683 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni devorni qoplash ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.
  • Darz ketmasdan va uvoqlanmasdan namlikka yaxshi chidamliligi bilan farqlanadi.
  • Tayyor yuzaning sifati aʼlo holatda boʻladi.
  • Yongʻinga qarshi yuksak texnik xususiyatlar.
  • Yuzaga ishlov berishda mehnat talab qiluvchi jarayonlardan xoli.
  • Quruq qurilish texnikasi uzoq vaqt quritishga hojat qoldirmaydi.
  • Maxsus asbob ishlatilishi talab etilmaydi.
  • Qiya konstruksiyalarni hosil qilish imkoni mavjud.

Qoʻllanilishi

Har xil turdagi binolarda ham qayta tiklash, ham yangi qurilish ishlarida yuk koʻtaruvchi devorlarni pardozlash, shu bilan birga xonaning namlikka chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi.

Devor qoplamasining sirti galdagi pardozlash, masalan plita bilan qoplash yoki boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish yoki dekorativ suvoq bilan bezatishga moʻljallangan.

Qiyshiq chiziqlarni hosil qilish imkoni mavjud. 

Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  • devor qoplamasining loyihaviy holatini pol, shift va tayanch devorlarda belgilash;
  • S 683 devor qoplamasining karkasini oʻrnatish;
  • loyihada ko’zda tutilgan elektr va boshqa simlarni, shuningdek, oʻrnatiluvchi detallarni katta oʻlchamli bostirma qurilmaga montaj qilish;
  • koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsiyalovchi materialni toʻshash va mahkamlash;
  • AKVAPANEL® Ichki plitalarini oʻrnatish;
  • Ikki sathli berkitmalarda AKVAPANEL®Ichki plitasining navbatdagi qatlami har bitta qatlamda kelgusi shpaklyovkalash bilan montaj qilinadi.
  • Parmalangan burchak profillarini (BH 31x31) oʻrnatish va ularni shpaklyovkalash;
  • plitalar orasidagi choklarni, burama mix qotiriladigan joylarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin gruntlash;
  • polning yuza qoplamasi toʻshalgach, devor qoplamasini bezakli pardozlash.

Tavsiyalar:

pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C darajadan past boʻlmasligi kerak.

Butun tavsif

KNAUF S 683 komplekt tizimi –  AKVAPANEL®Ichki plitalari asosida metall karkasda bir yoki ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.

S 683 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.