K 253

KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplangan po’lat konstruksiyalarning olovbardosh devor qoplamasi

Devor qoplamasi bir, ikki yoki uch qatlamli har xil qalinlikdagi berkitma bilan maxsus KNAUF-qisqichlar yordamida yuk koʻtaruvchi metall konstruksiyasiga mahkamlanuvchi shift uchun mo’ljallangan KNAUF-profillar karkasida hosil qilinishi mumkin. Olovbardosh berkitmaning qalinligi hisob-kitob yordamida aniqlanadi.

  • (1) Poʻlat ustun;
  • (2) KNAUF-Fayrboard plitasi—*m2;
  • (3) Profil PSh 60×27— pog.m;
  • (4) PSh 60×27 profilini ustunga mahkamlovchi qisqich (ustun balandligi boʻyicha bir-biridan 1 m oraliqda) -*dona;
  • (5) Qoplama choklari uchun PSh 60×27 profilidan oʻrnatma - *pog. m;
  • (6) ТN burama mixi, qadam 150 mm—* dona;
  • (7) Profil BH - * pog.m;
  • (8) Burchak himoyasi uchun oʻzi kesuvchi vint , pog. metr uchun 10 dona -* dona;
  • (9**) Choklarni toʻldirish uchun KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi, chokning pog. metri uchun ~ 0,5 kg/m2.

* Zaruratga qarab, qoplanayotgan konstruksiyasining parametrlaridan kelib chiqib.

** Rasmda pozitsiya aks etmagan.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

KNAUF-Fireboard plitalaridan yasalgan olovdan himoyalovchi qoplamalardan foydalanish orqali:

  • metall konstruksiyalarning talab darajasidagi olovdan himoya samaradorligini taʼminlanadi;
  • Ogʻir mehnat talab qiluvchi montaj va boʻyash ishlariga hojat qoldirilmaydi, ularning bajarilishini sezilarli osonlashadi, sifati yaxshilanadi;
  • olovdan himoyalangan berkitmalar dekorativ pardoz bilan omixtalashadi.

Shu bilan bir qatorda:

  • Maxsus “qisqich”lar (ustunlar uchun KNAUF-Qisqich) orqali karkasni oʻrnatish devor qoplamasini yuk koʻtaruvchi konstruksiyaga shikast yetkazmay mahkamlash imkonini beradi.
  • Devor qoplamasi bino va inshootlaridagi qurilish konstruksiyalarining massasini nisbatan oz oshiradi, shuning uchun undan qayta taʼmirlanayotgan binolarda foydalanish ancha samarador.
  • Ekspluatatsiya davrida olovbardoshli berkitmalarni osongina demontaj qilish va (zaruriyat tugʻilsa) konstruksiyalarni mustahkamlash yoki korroziyaga qarshi qoplama surtish boʻyicha turli ishlarni bajarishga imkon beradi;
  • Berkitma va karkasning himoyalovchi elementi oraligʻidan turli kommunikatsiyalar (suv taʼminoti, bugʻ va suv orqali isitish tizimi) oʻtkazishda foydalanish mumkin, bunda himoya berkitmalarining olovbardoshliligi pasaymaydi.

Qoʻllanilishi

Har xil maqsadda xizmat qiluvchi binolardagi poʻlat konstruksiyalarning olovbardoshlilik xususiyatlarini oshirish va (yoki) yongʻin xavfini pasaytirish uchun ishlatiladi.

Sirti galdagi dekorativ pardozlashga yaroqli.

Devor qoplamasi bir, ikki yoki uch qavat berkitma yoki har xil qalinlikdagi qoplamalar bilan bajarilishi mumkin.

KNAUF-Fireboard plitalaridan yasalgan olovbardosh devor qoplamasi yongʻindan himoyalash samaradorligining barcha guruhlari (15 daqiqadan 150 daqiqagacha) talablariga javob beradi.

Yongʻindan himoyalash samaradorligi qoplama materialning optimal qalinligi va tegishli (ВНИИПО) koʻrsatmaga muvofiq metall konstruksiya qalinligiga qarab aniqlanadi. 

Butun tavsif

KNAUF K253 komplekt tizimi – olovbardosh devor qoplamasini hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan konstruksiya yuk koʻtaruvchi element hisoblanmaydi.

Asosiyb materiallar:

  • Yonmas KNAUF-Fayerbord plitasi;
  • Shift uchun metall PSh 60×27 profil;
  • Ustunlar uchun KNAUF-Qisqich.

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:

  • “KNAUF-Fayerbord plitalari bilan ruxlangan yupqa profillardan yasalgan poʻlat karkas boʻylab qoplangan olovdan himoyalovchi materialllar bilan qoplangan poʻlat konstruksiyaning haqiqiy olovbardoshlilik chegarasini hisoblash boʻyicha koʻrsatma”ga muvofiq himoyalanadigan konstruksiyaning (ustun, toʻsin, ferma va boshqalar) turiga qarab hisob-kitob oʻtkazish va loyihani moslashtirish ishlarini talab qiladi.

Komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.