S 631.1 olovdan himoyali berkitmasi

Poʻlat karkasda, osma bilan mahkamlangan, bir qatlam KNAUF-Fayerbord plitalaridan yasalgan devor qoplamasi.

  • Devor qoplamasining qalinligi – 45 mm atrofida. 
  • Profilning oʻlchami – 27 mm. 
  • Berkitma qalinligi – 12,5 mm. 
  • Devor qoplamasining maksimal balandligi  – 10 m. 
  • 1 kv. metr devor qoplamasining vazni – ~ 15 kg/m². 

Komplekt tizimining tarkibi –  1 m2 uchun soni:

  • (1а) KNAUF-Fayerbord plitasi – 1,0 m²; 
  • (2) KNAUF-profil PSh 60x27 – 2,0 pog. m; 
  • (3) KNAUF-profil PY 28x27 – 0,7 pog. m; 
  • (4) toʻgʻri osma 60/27 – 0,7 dona; 
  • (5) zichlovchi tasma – 0,8 dona; 
  • (6) PY 28/27 profillarini qotirish uchun dyubel – 1,6 dona; 
  • (7) LN 9 burama mixi – 1,5 [2,7] dona; 
  • (8) TN 25 burama mixi  – 14 [17] dona; 
  • (9) KNAUF-profil BH –  buyurtmachi ehtiyojiga qarab; 
  • (10) 60x27 profillari uchun uzaytirgich – buyurtmachi ehtiyojiga qarab; 
  • (11) KNAUF-Fayerbord plitalari uchun KNAUF-Kurt oʻzaklovchi tasmasi – 0,75 pog. m; 
  • (12) KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi – 0,05 kg; 
  • (13) Ecose ® texnologiyasi boʻyicha ishlab chiqarilgan mineral tolali issiqlik izolyatsiyasi KNAUF-Insuleyshn - 1,0 m². 

[ ] Qavslarda devor qoplamasi balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan. 

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • KNAUF-Fayerbord plitalarining asosiy vazifasi – alanganing tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va shu orqali odamlarning koʻchirilishini taʼminlash. Bugungi kunda bozorda taqdim etilgan oʻtda yonmas materiallar ichida faqat u alanga bilan kurashda oʻzining samaradorligini isbotlagan. Bundan tashqari, shuni taʼkidlash joizki, KNAUF-Fayerbord mutlaqo xavfsiz ekologik material hisoblanadi. 
  • KNAUF-Fayerbord plitalarining standart yongʻin xavfsizligi sinovlari shartlarida boshqa qoplama gips materiallardan asosiy farqi shundaki, gips oʻzagidan kristallsimon namlik bugʻlangandan keyin materialda yoriq hosil boʻlmaydi va uzoqroq vaqt davomida u vayron boʻlmaydi. 
  • KNAUF-Fayerbord plitasining ichida joylashgan oʻtda yonmas oʻzaklovchi shishaxolst olovbardoshlilik xususiyatini kuchaytiradi. 

Qoʻllanilishi

Plitalar pardevor, devor qoplamalari, poʻlat konstruksiyalarning (ustun va toʻsin) yongʻindan himoyalovchi berkitmalarida va evakuatsiya yoʻlkalaridagi osma shiftlarda, har xil maqsad, qavatlilik va sigʻimlilikka ega turli binolarning zal xonalarida, shuningdek yongʻin xavfsizligiga oid talablarga binoan KM0 yongʻin xavfi sinfidagi yonmaydigan qurilish materiallari ishlatiladigan boshqa qurilish inshootlarida karkas-qoplama konstruksiyalarda olovbardosh qoplama materiali sifatida qoʻllanadi. Talab maʼlumotlari jadvalda keltirilgan. 2003-Yilning 22-iyulida qabul qilingan Rossiya Federatsiyasining N 123-F3-sonli “Yongʻin xavfsizligiga oid talablar toʻgʻrisidagi texnik reglament” nomli Nizomining 28 va 29-ilovalari 

KNAUF-Fayerbord – bu texnik xonalarni, ayniqsa alangalanish xavfi mavjud joylarni: qozonxona, ustaxona, garaj, dudburon oʻrinlari va boshqalarni pardozlash uchun optimal yechim. Bu materialdan yasalgan devorlar yongʻinni bitta xonada tutish va alangani tashqariga chiqarmaslikka xizmat qiladi. 

Yevropa KNAUF-Fayerbord uzoq yillardan buyon ishlatiladi. Uni ofis va savdo markazlaridagi zaxira chiqishlarida, yaʼni evakuatsiya yoʻllari oʻtuvchi joylarda keng qoʻllashadi. Bundan tashqari, uni mavjud devor konstruksiyalariga mahkamlanuvchi qoʻshimcha yonmas qoplama sifatida ham ishlatish mumkin. 

Butun tavsif

KNAUF S 631.1 komplekt tizimi –  tayanch devorga mahkamlangan poʻlat karkasda ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi. 

Devor qoplamasining asosiy tarkibiy elementlari: 

  • KNAUF-Fayerbord plitalari; 
  • shift uchun (PSh 60x27) va yoʻnaltiruvchi (PY 28x27) po’lat profillar hamda to'g’ri osma. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: 

Karkas tizim. Karkas bir qatlamli KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplanadi. Karkas shift profillaridan (PSh 60X27) tayyorlanib, polda va yo’naltiruvchi (PY 28X27) shift profillarida shiftda qotirilib, to'g’ri osma yordamida devirga mahkamlanadi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 631. 1 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.