S 611 berkitmasi

S 611 yelimida KNAUF-qoplamalardagi bir qatlamli devor qoplamasi KNAUF komplekt tizimi.

  • Massa kv. m.–  12 kg atrofida. 
  • Devor qoplamasining minimal qalinligi – 20 mm atrofida 

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-H2, GQP-A, GQP-DF) - 1,0 m²; 
  • (2) Oʻzaklovchi tasma - 0,75 pog. m; 
  • (3) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi (choklarni berkitish) - 0,3 kg; 
  • (4*) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi (tekis asos uchun yelim) - 0,8 [А ,В] kg; 
  • (5) KNAUF-Perlfiks yelimi - 3,5 [Б,В] kg ; 
  • (6*) KNAUF-qoplamadan chiziqlar - 2,6 [B] pog. m; 
  • (7*) KNAUF-profil BH - ** dona; 
  • (8*) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,1 l. 

* Rasmda pozitsiya aks etmagan. 

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab. 

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan 

[ ] Qavsda asosning notekisligidan kelib chiqqan holda devor yuzasini qoplash variantlari aks etgan. 

А — tekis asos (beton, suvoq); 

Б — notekis asos (notekislik maks 2 sm, masalan gʻisht); 

В — notekis asos (notekislik 2 sm va bundan yuqori, masalan toshli terish, eni 10 sm keladigan 6-pozitsiyadagi GQP chiziqlari yordamida tekislanadi) 

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • S 611 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni devorni qoplash ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi. 
  • Devor qoplamani hosil qilish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim. 
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi. 
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi. 
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. 
  • Tayyor pardozlanadigan yuzalarning yuqori sifat darajasiga ega. 
  • Devor qoplamasining yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli. 
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi. 
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. Komplekt tizimining asosiy materiali gipskarton KNAUF-qoplama oʻzidan havo oʻtkazib, ortiqcha namlikni shimib, tanqislikda uni tashqi muhitga chiqarish xususiyatiga ega. 

Qoʻllanilishi

Har xil turdagi xonalarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

  • yuqori sifatli pardozlash va devorlarni tekislash;
  • orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish;
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning tovush izolyatsiyasini oshirish; 
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlik izolyatsiyasini oshirish; 
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning olovbardoshliligini oshirish (olovbardoshlilik chegarasi va yongʻin xavfi sinfi meʼyorlangan hamda qoplamaga yongʻinga qarshi/texnik xususiyatlar talabi qoʻyilganda). 

Xona tomonidan tashqi devorlarni isitish talab etilsa, devor qoplamasining konstruksiyasida issiqlikni izolyatsiyalovchi material koʻzda tutilishi kerak. 

Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: 

  • devor qoplamasining loyihaviy holatini pol va shiftda belgilash. 
  • tayanch devordan chang va kirlarni tozalash. 
  • yelim surtish. 
  • qoplamalarni (panellarni) devorga oʻrnatish va ularni tekishlash (shokul va 2 metrli reyka bilan). 
  • choklarni shpaklyovkalash. 
  • choklar, pol va shiftdagi tirqishlarni toʻldirish. 
  • toza polni yotqizish va devor qoplamasini bezakli pardozlash. 

Tavsiyalar

Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak. 

Butun tavsif

KNAUF S 611 komplekt tizimi devorlarni yelim bilan qoplash uchun maxsus saralangan materiallarning toʻliq toʻplamidan iborat. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: 

  • karkassiz tizim; 
  • gipskarton KNAUF-qoplama tayanch devorga yelim bilan mahkamlanadi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 611 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.