P 127

KNAUF-Akustika plitalaridan ikki sathli metall karkasdagi osma shift

  • Bir kvadrat metr shiftning vazni - 13 kg atrofida;
  • Karkasni tayanch shiftga mahkamlash nuqtalari orasidagi maksimal masofa – 1200 mm;
  • Yuk koʻtaruvchi profillar oʻqi orasidagi maksimal masofa - 333 mm;
  • Asosiy profillar oʻqi orasidagi maksimal masofa — 1200 mm;
  • Devor va eng oxirgi asosiy profil oʻqi orasidagi masofa ~150 mm. 

Komplekt tizim tarkibi — 1 m² uchun soni:

  • (1) KNAUF-Akustika plitasi 12,5 mm — 1,0 m2;
  • (2) KNAUF-profil PSh 60×27 — 4,3 pog.;
  • (3) Ikki sathli tutashtirgich — 3,7 dona;
  • (4) Yigʻmada nonius-osma (Toʻgʻri osma)— 1,3 dona;
  • (5) Ankerli element — 1,3 dona;<
  • (6*) LN 9 burama mixi (toʻgʻri osmada)— 2,6 dona;
  • (7) Burama mix SN 30 — 24 dona;
  • (8) Oʻzaklovchi tasma—** pog.m.;
  • (9) KNAUF-Uniflot shpaklyovkasi — 0,08 kg;
  • (10) Ajratuvchi tasma—** pog.m.;
  • (11) KNAUF-qoplamadan tasma 12,5 mm—**;
  • (12*) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi — 0,1 l;
  • (13*) Profil uzaytirgich — ** dona;

* Rasmda pozitsiya aks etmagan.

** Ehtiyojga qarab.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisobga olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

P 127 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni zarur akustik xususiyatlarga ega osma shift barpo etish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.

  • Osma shiftni barpo etish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan barcha noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim.
  • Mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi.
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi.
  • Murakkab arxitektura yechimlaridagi shiftlarni, xususan egri chiziqli yuzalarni hosil qilish imkoniyati yaratiladi.

Qoʻllanilishi

Shovqinni yaxshi yutadigan va xona ichida tovush toʻlqinlarining aks sado berishini pasaytiradigan pardozlash materiallari va konstruksiyalarni toʻgʻri tanlash xonada akustik qulaylikni taʼminlashda muhim ahamiyatga egadir. Bu yangrash effektini kamaytirib, aks sadoni bartaraf etish, shu bilan birga nutqning aniqligi va musiqaning idrokini yaxshilash imkonini beradi. Xonaning umumiy ichki maydonida shovqinni yutishga oid yuqori koeffitsiyentga ega yuzalar ulushining ortishi tufayli akustik muhitning optimal sifati taʼminlanadi.

Parmali maxsus KNAUF-Akustika plitalaridan yaxlit osma shift nafaqat akustika masalasini hal qiladi, balki ventilyatsiya tizimlari, elektr simlarini berkitib, meʼmorchilikka doir orzularingizni roʻyobga chiqarishga yordam beradi.

Butun tavsif

KNAUF P 127 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.

Shiftning asosiy qurilish elementlari:

  • KNAUF-Akustika gipskarton plitalasi;
  • Shift uchun metall PSh 60×27 profil.

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:

  • faqat devorga tayanmagan orayopmaga mahkamlash;
  • osma shiftning tayanch shiftga osmalar yordamida mahkamlangan asosiy elementlari va gipskarton KNAUF-qoplama qotiriladigan yuk koʻtaruvchi profillar turli darajalarda joylashgan;
  • yuk koʻtaruvchi profillar qadami plitalar parmalanishiga qarab belgilanadi. 

P 127 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.