P 113 shift

Bir qatorli metall karkasda KNAUF-qoplamalardan osma shift.

  • Bir kvadrat shiftning vazni – 13 kg atrofida; 
  • karkasni tayanch shiftga mahkamlash nuqtalari orasidagi maksimal masofa - 1100 mm; 
  • yuk koʻtaruvchi profillar oʻqlari oʻrtasidagi maksimal masofa - 500 mm; 
  • asosiy profillar oʻqlari oʻrtasidagi maksimal masofa  – 1200 mm; 
  • devor va eng chekkadagi asosiy profil oʻqi oʻrtasidagi– 1200 mm;

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm – 1,0 m²; 
  • (2) KNAUF-profil PY 60x27 – 2,9 pog. m; 
  • (3) KNAUF-profil PU 28x27 – * pog. m; 
  • (4) Profil uzaytirgich – 0,2 dona; 
  • (5) Bir sathli tutashtirgich – 1,7 dona; 
  • (6) Toʻgʻri osma (Qisqich va tortqili osma, yigʻmada nonius-osma)– 0,7 dona; 
  • (7) LN 9 burama mixi - 1,4 dona; 
  • (8) TN 25 burama mixi - 23 dona; 
  • (9) Ankerli element - 0,7 dona; 
  • (10) Dyubel-mix 6×40 - ** dona; 
  • (11) Oʻzaklovchi tasma pog. - 1,2 m; 
  • (12) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi - 0,4 kg; 
  • (13) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,1 lл; 
  • (14) Zichlovchi tasma - * pog. m; 
  • (15) Ajratuvchi tasma - * pog. m; 

* Miqdori bino perimetriga mos keladi. 

** Miqdori buyurtmachi tomonidan 1 pog. metr PY 28×27 profilga 2 ta dyubel hisobidan kelib chiqib aniqlanadi. 

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan 

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • P 113 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni osma shift barpo etish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi. 
  • Osma shiftni barpo etish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim. 
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi. 
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi. 
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. 
  • Tayyor shiftning pardozlangan yuzalari yuqori sifat darajasiga ega. 
  • P 113 osma shiftlarning yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli. 
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi. 
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. Komplekt tizimining asosiy materiali gipskarton KNAUF oʻzidan havo oʻtkazib, ortiqcha namlikni shimib, tanqislikda uni tashqi muhitga chiqarish xususiyatiga ega. 

Qoʻllanilishi

Har xil turdagi binolarda, xususan qayta tiklash va yangi qurilish ishlarida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

  • pardozlash; 
  • konstruktiv-planli vazifalar yechimi; 
  • orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish; 
  • muhandislik kommunikatsiyalarni berkitib joylashtirish; 
  • orayopmalarning tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlarini oshirish; 
  • akustikani yaxshilash; 
  • orayopmalar va yuzalarning olovbardoshliligini oshirish; 

Montaj jarayoni

Montaj jarayoni quyidagi ish bosqichlarini oʻz ichiga oladi: 

  • osma shift karkasining loyihaviy holatini belgilash; 
  • karkasni yig’ish va mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalarni (GKQ) loyihaviy holatga oʻrnatish va karkasga mahkamlash; 
  • gipskarton KNAUF-qoplamalar (KNAUF-superqoplamalar) orasidagi choklarni toʻldirish va zarur holatda osma shift yuzasini yaxlit shpaklyovkalash; 
  • boʻyash yoki bezakli qoplamni surtishdan oldin osma shift yuzasini gruntlash. 

Tavsiyalar

Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi. 

Elektr simlarini pardevor karkasi boʻshligʻida tortishda vaqtida gipskarton KNAUF-qoplamalar mahkamlanayotganda ular karkas elementlarining oʻtkir qirralari yoki burama mixlar bilan shikastlanmasligi kerak. 

P 113 osma shiftlarini boʻyash ishlarini suv-dispersli boʻyoqlar bilan bajarish tavsiya etiladi. Ohakli boʻyoqlar yoki suyuq shisha asosidagi boʻyoqlarni qoʻllash mumkin emas. 

Batafsil maʼlumot bilan “Yuklab olish” boʻlimida tanishing. 

Butun tavsif

KNAUF P 113 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi. 

Shiftning asosiy qurilish elementlari: 

  • gispkarton KNAUF-qoplama; 
  • Osma shift uchun metall PSh 60x27 va yoʻnaltiruvchi PY 28x27 profillari. 

Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing. 

Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: osma shiftning tayanch shiftga osmalar yordamida mahkamlangan asosiy elementlari va gipskarton KNAUF-qoplama qotiriladigan yuk koʻtaruvchi profillar bir xil darajada joylashadi. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

P 113 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.