"KNAUF QURUQ QORISHMALAR"
1-kun
9.00-10.00 Roʻyxatdan oʻtkazish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha instruktaj oʻtkazish.
10.00-11.30 Nazariy mashgʻulotlar. Gips: Rotband, Goldband, MP 75 va sement: Gryunband, Unterputs UP 210, Zokelputs UP 310, Adgeziv (VP 332), Diamant 260 asosidagi KNAUF quruq suvoq qorishmalari nomi, ularning qurilish-texnik xossalari va qoʻllanish sohasi. GOST hamda Qurilish me’yorlari va qoidalari talablari. Turli yuzalarni tayyorlash, gruntlash turlari: Betokontakt, Grundirmittel, Izogrund, Putsgrund, Kvarsgrund va ularni qoplash usullari. Asbob-uskunalar va moslamalar. Burchaklar uchun mayoqlar va himoya profillari, armaturali toʻr, tayinlash va oʻrnatish. Suvoq yuzalarni ishlash operatsiyalarining ketma-ketligi.
11.45-17.00 Amaliy mashgʻulotlar. Maxsus ish kiyimini berish. Asbob-uskunalar va yordamchi materiallar bilan tanishib chiqish. Yuzani tayyorlash va gruntlash tarkiblarini qoplash: Betokontakt, Grundirmittel, Izogrund. Adgeziv (VP 332)ni purkash uchun qorishma bilan qoplash. Himoya burchak profillari va mayoqlarni oʻrnatish.
13.15-14.00 Tushlik.
2-kun
9.00-17.00 Amaliy mashgʻulotlar. Devorlarning tekis yuzalarini Goldband va Rotband gipsli suvoq qorishmasi bilan qoʻlda suvab chiqish va yuzalarga silliq holatgacha ishlov berish usullarini oʻrgatish.
13.15-14.00 Tushlik (mustaqil ravishda).
3-kun
9.00-16.15 Amaliy mashgʻulotlar. Gipsli suvoq yuzalarga silliq holatgacha takroriy tekislab ishlov berish. Gryunband sement-qum aralashmali qorishma tayyorlash va uni devorlar yuzasiga qoplash, umumiy tekislash, Rabbo suvoq randa bilan kesish, ishqalab tekislash. Gipsli va sement-qum aralashma bilan suvoq berilgan yuzalarni hamda gips-karton listlar va ularning tarkibiy qismlarini Diamant 260 manzarali suvoq qorishmasi bilan qoplash.
13.15-14.00 Tushlik (mustaqil ravishda).
16.15-17.00 Suhbatlashish, oʻquv-metodik adabiyot berish, sertifikat topshirish.