Biz haqimizda
IJTIMOIY JAVOBGARLIK
Biznesning ijtimoiy yoʻnaltirilganligi uzoq muddatli strategiya va muvaffaqiyatli korxonalarning samarali ishiga urgʻu qaratilganini tasdiqlaydi. Bu narsa hamdard boʻla oladigan va yordam qoʻlini choʻzishga tayyor turgan odamlari boʻlgan har qanday yirik kompaniyaning ajralmas qismi boʻlishi lozim. Bu narsa zamonaviy bozorning qattiqqoʻl sharoitlarida ham oddiy insoniy qadriyatlarni unutmaydigan har qanday yirik kompaniya ishining muhim qismi hisoblanadi.
KNAUF faqatgina halol biznes qoidalari emas, balki ham insoniylik qonunlari, ham maʼnaviy ustunlar taqozo etuvchi ideallarga mos boʻlishga intiladi, shuning uchun ijtimoiy javobgarlik kompniyaning ajralmas qismi hisoblanadi. KNAUF uchun korporativ ijtimoiy javobgarlik – bu soliqlarni toʻlash, mehnat haqini koʻpaytirish, uning samaradorligini koʻtarish, xodimlarning malakasi va taʼlimini oʻstirish, ularning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek mahsulot sifatini tinmay nazorat etish, atrof-muhit toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish.
Ijtimoiy masalalarga qiziqish bildirish doimo kompaniya ishbilarmonlik madaniyatining bir qismi boʻlib kelgan. Kompaniya korxonalari joylashgan har yerda ular jamoat tashkilotlari va ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllashga harakat qilishadi.
KNAUF uchun asosiy faoliyati bilan bir qatorda anʼanaviy yoʻnalish bu zarur boʻlgan joyda nobyurokratik yordam taklif etishdir. Kompaniya xayriya tadbirlaridagi ishtiroki bilan targʻibot qilish, shon-shuhrat qozonish yoki raqiblar orasida ajralishga intilmaydi. Shunchaki KNAUF taʼlim, tibbiyotga, shuningdek ijtimoiy muammolarni xal etuvchilarga haqiqiy koʻmakni amalga oshirib, insonlarga yordam berish zarur, deb hisoblaydi.
Oʻzbekistonda KNAUF kompaniyasi barcha yordamga muxtojlarga yordam qoʻlini choʻzadi. Mamlakatdagi bir necha yillik faoliyati davomida koʻpgina tashkilot va korxonalarga: hukumat va maʼmuriy muassasalar, maktab, kasalxona, sport klublari, xayriya jamiyatlari, masjid va xususiy shaxslarga moddiy va boshqa koʻmak berildi.
KNAUF kelajakda ham xodimlar, ularning oilalari, Oʻzbekiston aholisi va umuman jamiyat oldida yuqori ijtimoiy javobgarlik vazifasiga amal qilib boradi.