Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “KNAUF GIPS BUXORO” xorijiy korxonasi tomonidan uning mahsulotlari Isteʼmolchilariga axborot xizmatlarini taqdim etish toʻgʻrisida shartnoma tuzish yuzasidan ommaviy oferta

1.         UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu hujjat (bundan buyon – “Oferta”) Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “KNAUF GIPS BUXORO” xorijiy korxonasi (bundan buyon – “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK) ning (joylashgan manzili – Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Kogon tumani, Qorovulbozor shossesi), bundan buyon “Tashkilot” deb ataladi, Ustav asosida harakat qiluvchi bosh direktori Deripalko Dmitriy Aleksandrovich shaxsida, rasmiy taklifi hisoblanadi, va unda axborot xizmatlarini Tashkilot tomonidan oʻz mahsuloti sifatiga va isteʼmolchilari (bundan buyon - Isteʼmolchilar) roziligiga baho berish boʻyicha aksiyalarda ishtirok etish maqsadida oʻzlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni (personal maʼlumotlarni) taqdim etuvchi shaxslarga, Tashkilot mahsuloti hamda u va sheriklari tomonidan oʻtkazilayotgan aksiyalar toʻgʻrisida axborotni olish, Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida boshqa axborotni olish, Isteʼmolchilarga SMS-xabarnomalar va/yoki elektron pochta boʻyicha xabarnomalar taqdim etish, Isteʼmolchilarni telefonda ular koʻrsatgan roʻyxat shaklida maʼlumotlar berishning barcha muhim shartlari ifoda etilgan.     

1.2. Ushbu Oferta rasmiy hujjat hisoblanadi va Tashkilotning veb-portalidagi maxfiylik boʻlimida quyidagi manzil boʻyicha eʼlon qilinadi - https://www.knauf.uz/company/privacy-policy/.

1.3. Isteʼmolchi Anketasini yoki Tashkilot veb-portalida joylashtirilgan roʻyxat shaklini toʻldirayotib, oʻz personal maʼlumotlarini Tashkilotga taqdim etar ekan, Isteʼmolchilar Ofertada koʻrsatilgan axborot xizmatlarini taqdim etish shartlarini qabul qiladilar va oʻz personal maʼlumotlarini veb-portaldagi https://www.knauf.uz/ joylashtirilgan “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK ning personal maʼlumotlarni qayta ishlash va ularni himoyalash toʻgʻrisidagi realizatsiya qilinadigan talablar boʻyicha siyosati» ga hamda ushbu Ofertadagi personal maʼlumotlarni qayta ishlashga doir qoidalarga muvofiq ravishda qayta ishlashga rozilik beradilar.

2.         ATAMALAR VA TAʼRIFLAR

Isteʼmolchi Anketasi – Isteʼmolchi tomonidan oʻz qoʻli bilan yoki uning topshirigʻiga binoan Tashkilot vakili tomonidan aksiya davomida toʻldiriladigan anketa, unda Isteʼmolchining personal maʼlumotlari aks ettiriladi. Isteʼmolchi tomonidan Anketada koʻrsatilgan oʻz personal maʼlumotlarini taqdim etishi Ofertaning aksepti hisoblanadi, u bilan Isteʼmolchi Anketani toʻldirishdan oldin tanishgan boʻladi (ogʻzaki, hujjat koʻrinishida yoki Tashkilotning veb-portalida).

Veb-portal – internet tarmogʻidagi sayt, u foydalanuvchiga ushbu sayt doirasida ishlovchi har xil interaktiv servislar (internet-servislar) ni taqdim etadi, veb-portal bitta domen nomi bilan birlashgan bir nechta saytlardan iborat boʻlishi mumkin. Ofertada veb-portal sifatida https://www.knauf.uz/ veb-portali tushuniladi.  

Personal maʼlumotlarning axborot tizimi – maʼlumotlar bazasidagi mavjud hamda ularni axborot texnologiyalari va texnik vositalar qayta ishlashini taʼminlovchi personal maʼlumotlar majmuasi.

Axborot xizmatlari – Tashkilot va/yoki uning hamkorlari tomonidan marketing tadqiqotlari va aksiyalar oʻtkazish, ular natijalarini https://www.knauf.uz/ veb-portalida eʼlon qilish, Tashkilot va/yoki uning hamkorlari tomonidan Isteʼmolchilarni Tashkilot va uning hamkorlari tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar toʻgʻrisida SMS-xabarnomalar va/yoki elektron pochta boʻyicha xabarnomalarni Isteʼmolchilar taqdim etgan bogʻlanish maʼlumotlariga muvofiq xabardor etish.

Shaxsiy profil – Isteʼmolchining veb-portalda joylashtirilgan va toʻliq ravishda koʻrish uchun faqat ushbu Isteʼmolchiga hamda sayt maʼmuriga joiz boʻlgan personal maʼlumotlari.

Personal maʼlumotlarni shaxssizlantirish – natijada qoʻshimcha axborotdan foydalanmasdan personal maʼlumotlarni ularning aniq subyektiga tegishli ekanligini aniqlash mumkin boʻlmagan harakatlar.

Personal maʼlummotlarni qayta ishlash – avtomatizatsiya vositalaridan foydalanib yoki bunday vositalarni ishlatmasdan personal maʼlumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmuasi, shu jumladan, personal maʼlumotlarni yigʻish, yozib olish, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, oʻzgartirish), olish, ishlatish, oʻtkaazish (tarqatish, taqdim etish, joizlik), shaxssizlantirish, bloklash, ketkazish, yoʻqotish.

Personal maʼlumotlarning umumjoiz manbalari – nomaʼlum doiradagi shaxslarni axborot bilan taʼminlash maqsadida yaratiladigan resurslar, ularda axborotga joizlik ularni yaratuvchi shaxs yoki ularning egasi tomonidan cheklanmaydi. Ofertada personal maʼlumotlarning umumjoiz manbalari deganda Tashkilotning https://www.knauf.uz/ veb-portali tushuniladi.    

Umumjoiz personal maʼlumotlar – nomaʼlum doiradagi shaxslarga qonunga muvofiq joizlik personal maʼlumotlarning subyekti tomonidan yoki uning iltimosiga koʻra taqdim etilgan personal maʼlumotlar, ular qonunchilikka muvofiq albatta oshkor etilishi va eʼlon qilinishi lozim. Ofertada Isteʼmolchilarning umumjoiz personal maʼlumotlari deganda ular tomonidan taqdim etilgan va ularga nisbatan Isteʼmolchilar roʻyxat shaklini yoki Isteʼmolchi Anketasini toʻldirish vaqtida ularni eʼlon qilishga rozilik bergan personal maʼlumotlar tushuniladi.  

Tashkilot – “KNAUF GIPS BUXORO” MCHJ XK (Yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, 200705, Kogon tumani, Qorovulbozor shossesi).

Tashkilot hamkori – Tashkilot bilan shartnoma asosida Tashkilot manfaatlarini koʻzlab, aksiyalar va marketing tadqiqotlarini tashkil etuvchi va/yoki olib boruvchi hamda Tashkilotning topshirigʻi boʻyicha boshqa harakatlarni bajaruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.

Personal maʼlumotlar – maʼlum bir jismoniy shaxsga (personal maʼlumot subʼktiga) bevosita yoki bilvosita tegishli boʻlgan har qanday axborot.

Personal maʼlumotlarni taqdim etish – personal maʼlumotlarni maʼlum bir shaxsga yoki maʼlum bir shaxslar doirasiga oshkora etishga qaratilgan harakatlar.

Isteʼmolchi vakili – Isteʼmolchi tomonidan uning personal maʼlumotlarini Tashkilot Oferta shartlarida axborot xizmatlari koʻrsatishi uchun Tashkilotga taqdim etishga vakolat berilgan shaxs.

Oddiy elektron imzo – kodlar, parollar yoki boshqa vositalarni ishlatish orqali maʼlum bir shaxs tomonidan elektron imzo shakllantirilganligini tasdiqlovchi elektron imzo. Ofertada oddiy elektron imzo deganda Isteʼmolchi tomonidan roʻyxat vaqtida koʻrsatilgan va/yoki Isteʼmolchi tomonidan Shaxsiy profilga joizlik uchun foydalanadigan login va parol (birgalikda) tushuniladi.    

Personal maʼlumotlarni tarqatish – personal maʼlumotlarni nomaʼlum doiradagi shaxslarga oshkora etishga qaratilgan harakatlar.

Roʻyxat shakli – Tashkilot veb-portalidagi veb-shakl, undan foydalanib Isteʼmolchilar va ularning vakillari personal maʼlumotlarni Tashkilotga taqdim etishadi va Ofertani akseptlaydi.

Personal maʼlumotlarning maxsus toifalari – irqiy, milliy taalluqlilik, siyosiy qarashlar, diniy yoki falsafiy iroda, sogʻlik holati, intim hayotiga tegishli boʻlgan personal maʼlumotlar.

Personal maʼlumotlarni yoʻq qilish – natijada personal maʼlumotlar axborot tizimida personal maʼlumotlar tarkibini qayta tiklash imkoniyati boʻlmagan va/yoki natijada personal maʼlumotlarni material tashuvchilari yoʻq qilinadigan harakatlar.

Isteʼmolchi – Tashkilot mahsulotini tarqatuvchi va/yoki sotib oluvchi, Tashkilot tomonidan taklif etilgan Ofertani Tashkilotga oʻz personal maʼlumotlarini Tashkilot soʻragan tarkibda va hajmda mustaqil taqdim etish orqali akseptlovchi yoki oʻz Vakiliga Ofertani akseptlash huquqini bergan jismoniy shaxs.

3.         ISTEʼMOLCHILAR TOMONIDAN OʻZ PERSONAL MAʼLUMOTLARINI TASHKILOTGA TAQDIM ETISH

3.1. Ofertada bayon etilgan axborot xizmatlarini taqdim etish shartlari Isteʼmolchilarga ular tomonidan Ofertani 3.2-bandga muvofiq akseptlashdan keyin taalluqli boʻladi.

3.2. Isteʼmolchi Tashkilotga oʻz personal maʼlumotlarini mustaqil yoki uning Vakili tomonidan taqdim etilgan vaqtdan boshlab Tashkilot tomonidan (Ofertani akseptlaganlarga) axborot xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzgan hisoblanadi.

3.3. Ofertani akseptlash Tashkilot tomonidan personal maʼlumotlarning subyekti (Isteʼmolchi) tomonidan aniq, xabardor holda va ongli ravishda Tashkilot tomonidan oʻz personal maʼlumotlari qayta ishlanishiga rozilikni erkin, oʻz erki va oʻz manfaatlarini koʻzlab bermoqda, deb qaraladi.     Ushbu rozilik qogʻozdagi yozma shaklda personal maʼlumotlar subyektining oʻz imzosi qoʻyilgan rozilikka teng deb qaraladi, chunki qonunchilikka muvofiq oddiy elektron imzo bilan imzolangan elektron hujjat shaklida berilgan.

3.4. Isteʼmolchilar hamda ularning Vakillari tomonidan personal maʼlumotlar tegishli maʼlumotlarni Tashkilot veb-portalida joylashtirilgan yoki Isteʼmolchi Anketasidagi roʻyxat shaklini toʻldirish orqali taqdim etiladi.  

3.5. Isteʼmolchilar personal maʼlumotlarining toʻgʻriligi va va ishonchliligi yuzasidan javobgarlik faqat ularni taqdim etgan shaxs zimmasida boʻladi. Tashkilot Isteʼmolchilar hamda ularning Vakillari tomonidan koʻrsatilgan personal maʼlumotlarni tekshirish yuzasidan oʻz ustiga hech qanday majburiyatlarni olmaydi.

4.         AXBOROT XIZMATLARI KOʻRSATISH

4.1. Tashkilot tomonidan axborot xizmatlari Isteʼmolchilarga bepul asosda, Tashkilot tomonidan belgilangan hajmda va davriylikda koʻrsatiladi

4.2. Tashkilot, texnik yoki boshqa imkoniyatlar mavjud boʻlmagan vaqtda, axborot xizmatlarining barchasini yoki bir qismini Isteʼmolchiga taqdim etishni sababini tushuntirmasdan rad etishga haqlidir.

5.         TASHKILOT TOMONIDAN ISTEʼMOLCHILARNING PERSONAL MAʼLUMOTLARINI QAYTA ISHLANISHI

5.1. Tashkilot Isteʼmolchilar personal maʼlumotlariga nisbatan operator hisoblanadi va ularni qayta ishlash vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya qiladi.

5.2. Tashkilot tomonidan Isteʼmolchilar personal maʼlumotlarini qayta ishlashning quyidagi maqsadlari mavjud:

•           Isteʼmolchilarni Tashkilot veb-portalida roʻyxatga olish;

•           Isteʼmolchilarni Tashkilot veb-portalida mualliflashtirish;

•           axborot xizmatlari koʻrsatish.

5.3. Isteʼmolchining personal maʼlumotlarini olgan Tashkilot ularni personal maʼlumotlar subyektining roziligisiz tarqatmaydi va boshqa shaxslarga taqdim etmaydi, quyidagi holatlar bundan mustasno:

•           Isteʼmolchilar roʻyxat shaklini yoki anketani toʻldirish vaqtida oshkora qilishga rozilik bergan umumjoiz personal maʼlumotlarni Tashkilot veb-portalida joylashtirish;

•           personal maʼlumotlarni Tashkilot manfaatlarini koʻzlab aksiyalar va marketing tadqiqotlarni tashkil etuvchi va/yoki oʻtkazuvchi Tashkilot Hamkorlariga taqdim etish;

•           qonunchilikda koʻzda tutilgan holatlarda.

5.4. Tashkilot “cookies” texnologiyasidan foydalanishga haqli. “Cookies” da Isteʼmolchilar personal maʼlumotlari mavjud emas va uchinchi shaxslarga oʻtkazilmaydi.

Tashkilot Isteʼmolchilarning IP-manzillari toʻgʻrisidagi axborotni oldai. Bu axborot personal maʼlumotlarga taalluqli emas va Tashkilot tomonidan Isteʼmolchining shaxsini aniqlashda ishlatilmaydi.  

5.5. Isteʼmolchi mustaqil ravishda, oʻz login va parolidan foydalanib, shaxsiy profilidagi oʻz personal maʼlumotlarini oʻzgartirishi mumkin.

5.6. Isteʼmolchi uning logini va parolidan foydalanib bajarilgan barcha harakatlar uchun javobgardir. Agar u oʻz logini va parolini uchinchi shaxslarga taqdim etgan yoki uning logini va paroliga noqonuniy joizlik toʻgʻrisida maʼlum boʻlib qolgan taqdirda, Isteʼmolchi mustaqil ravishda ularni oʻzgartirishi yoki Tashkilotga har qanday usulda oʻz hisob yozuvlari ustidan nazoratni yoʻqotgani toʻgʻrisida maʼlum qilishi, bunda roʻyxat vaqtida taqdim etgan oʻz personal maʼlumotlarini tasdiqlashi lozim.

5.7. Isteʼmolchi har qanday vaqtda ushbu Ofertani bekor qilishi va personal maʼlumotlarini qayta ishlashga oʻz roziligini, Tashkilotga taqdim etilgan personal maʼlumotlar yoki Isteʼmolchi shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjatdagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan yozma yoki elektron shaklda ariza joʻnatish orqali chaqirib olishi mumkin.

Personal maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilikni chaqirib olish Isteʼmolchi tomonidan Ofertani bekor qilishni bildiradi va Tashkilot tomnidan Isteʼmolchiga axborot xizmatlari va boshqa xizmatlarni koʻrsatishni toʻxtatishga olib keladi.

5.8. Isteʼmolchi tomonidan personal maʼlumotlarni qayta ishlashga rozilik chaqirib olingan taqdirda, uning personal maʼlumotlari, Tashkilotning tanloviga bogʻliq holda, yoʻq qilinadi yoki 30 (oʻttiz) kunlik muddat ichida shaxssizlantiriladi.  

6.         BOSHQA SHARTLAR

6.1. Tashkilot oʻz xohishiga koʻra Ofertaga istagan vaqtida har qanday oʻzgarishlarni kiritishga haqlidir. Ushbu oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborot Tashkilotning veb-portalidagi https://www.knauf.uz/ manzilida, ularni amal qilishga kirishishidan kamida 7 (yetti) kun oldin joylashtiriladi.

6.2. Tashkilot Ofertaga muvofiq axborot xizmatlari koʻrsatishni har qanday vaqtda Isteʼmolchilarni Tashkilotning veb-portalidagi https://www.knauf.uz/ manzilida tegishli axborotni xizmatlar koʻrsatishni toʻxtatish yoki rad etishdan kamida 1 (bir) oy oldin joylashtirish orqali xabardor etgan holda toʻxtatish yoki butunlay rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

6.3. Axborot, agar u Isteʼmolchi tomonidan oʻz personal maʼlumotlarini taqdim etgan vaqtida koʻrsatgan elektron pochta manziliga yoki SMS-xabarnoma shaklida telefon raqamiga yuborilsa, yoki Tashkilotning veb-portalida joylashtirilsa, Tashkilot nomidan Isteʼmolchiga joʻnatilgan deb tan olinadi.

6.4. Tashkilot bilan Isteʼmolchi oʻrtasida Oferta ijrosi boʻyicha bahs yuzaga kelgan taqdirda, u tomonlarning kelishuvi bilan hal etiladi, agar kelishuvga erishishning imkoni boʻlmasa, - Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

7.         JAVOBGARLIK

7.1. Tashkilotning Oferta doirasida taqdim etadigan axborot xizmatlariga nisbatan javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bilan chegaralanadi.

7.2. Tashkilot personal maʼlumotlar subyekti oldida javobgardir. Tashkilot oʻz Hamkorlarining harakatlari yuzasidan, shu jumladan – Isteʼmolchilarning personal maʼlumotlarini qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlmagan qonuniy manfaatlari va huquqlari buzilgan hollarda ham, javobgar emas.