KNAUF XALQARO GURUHI
Qanday qilib oilaviy korxona korxonalar oilasiga aylandiDastlab orzu bor edi
Tog'-kon muhandislari, aka-uka Alfons va Karl KNAUFlar XX asrning 30-yillarida gipsdan hayratda qoldilar. Ular gips asosida qurilishni tezroq, sifatli va yanada tejamkor amalga oshirish imkonini beruvchi material yaratishni orzu qilardilar. 1932 yilda aka-ukalar kompaniya tuzib, Shengendagi gips konini qazib olish huquqini qo'lga kiritishdi va Mozel daryosi bo’yidagi Perl shahrida quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqaruvchi o’zlarining birinchi zavodini ochdilar.
FALSAFA
Doimiy ravishda innovatsiyalarni izlash va ilg'or texnologik yechimlarni joriy etishga tayyorlik KNAUFning biznes strategiyasini belgilaydi. KNAUF doimiy ravishda qurilish va pardozlash texnologiyalarini takomillashtirish va ularning samaradorligini yanada oshirish ustida tinimsiz ishlamoqda.
«KNAUF» — bu kompleksli yechimlar, eng kichik detallarigacha o’ylab chiqilgan, qurilish uchun uyg’un tizimlardir. Ajralib turuvchi xususiyatlari: innovatsionlik, energiya samaradorligi, tejamkorlik, ishonchlilik va chiroyli dizayndir.
«Hamkorlik» asl ma’nosi KNAUF uchun mijozlar bilan munosabatlarni anglatadi. KNAUF o'z bozorini, shu bilan birga hamkorlarining bozorini ham biladi. Strategiyalar, texnologiyalar, hamma narsa hamkorlar bilan muloqotda belgilanadi. KNAUF uchun eng muhimi bozordagi hamkorlari bilan yaqin shaxsiy aloqalardir.
Asoslar
Dastlab tabiiy gipsni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi KNAUF quruq qurilish, izolyatsiyalash va qurilish aralashmalari bilan ishlov berish sohasida yechimlar taklif qiluvchi kompaniyalar guruhiga aylandi. Va bu hali to'liq ro'yxat emas.
TABIATGA NISBATAN G’AMXO’R MUNOSABATDA BO’LISH
EkologiyaGips asosidagi mahsulot ishlab chiqaruvchilari atrof-muhit muxofazasiga qo'shgan hissalari bilan faxrlanadilar. Tabiiy resurslarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish va foydalanilgan gips konlarini qayta tiklashning hozirgi an'analari qatoriga ishlab chiqarish va qurilish chiqindilarini qayta tiklash va ishlatishni ham kiritish mumkin.