Tarixi

KNAUF guruhining O'zbekistondagi birinchi yirik investitsiya loyihasi «Bukharagips» OAJ QK da gipsli quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishni tashkil etish edi. Gips va ohak zavodlari, shuningdek, gips, ohak, grafit va marmar karyerlarini o'z ichiga olgan «Bukharagips» OAJ xalqaro KNAUF guruhi tomonidan sotib olingan paytda ushbu kompleks bankrotlikning so'nggi bosqichida edi.

O'tmishda foydali bo’lgan ishlab chiqarishni tiklash, korxonani texnik jihatdan qayta jihozlash va zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Hukumati davlat aksiyalar paketini sotib olish uchun ochiq xalqaro tanlov e'lon qildi. KNAUF kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlari joylashgan barcha mamlakatlardagi benuqson obro'si va qurilish materiallari bozoridagi yetakchi mavqeyini hisobga olgan holda, tender komissiyasi aynan KNAUF kompaniyasini g’olib deb topdi va aksiyalar keyinchalik shu kompaniyaga sotildi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishining 2006 yil 21 yanvardagi qarori bilan «Buxaragips» OAJ «Buxaragips» OAJ shaklidagi o'zbek-german qo’shma korxonasiga aylantirildi.

KNAUF tomonidan tashqi kreditorlik qarzlari, xodimlar oldidagi qarzlar to'lab berildi, ishlab chiqarishni tiklash va modernizatsiya qilish bo'yicha dastlabki ikki yillik investitsiya dasturi ishlab chiqildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar gips toshini qazib olishni qayta boshlashga imkon berdi, shu maqsadda zamonaviy karyer uskunalari keltirildi. Gips ishlab chiqarish yana boshlandi. Gips toshining muhim iste'molchilari - O'zbekistondagi sement sanoatining yirik korxonalari bilan hamkorlik aloqalari tiklandi. 2009 yil oktabr oyida KNAUF gips asosidagi quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarishni boshladi: KNAUF-Rotband, KNAUF-Fugen, KNAUF-Perlfix va KNAUF-Satengips. Quruq gips aralashmalari bilan bir qatorda KNAUF "Buxaragips" OAJ QK G-2, G-3, G-4, G-5 markali qurilish gipslari va tarkibida kamida 70% CaSO4 × 2H2O bo’lgan maydalangan gips toshi ishlab chiqaradi. Qurilish materiallari bozori hamda sement sanoatida ushbu mahsulotga talab katta.

2009 yil 6 oktabrda KNAUF quruq gips aralashmalarini ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirish marosimida KNAUF gipskartonlari ishlab chiqariladigan zavod qurilishining boshlanishi haqida e'lon qilindi. Qurilish 2009 yil noyabr oyida boshlandi. Yangi ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan uskuna va texnikalarni Yevropadan Buxoroga olib kelish uchun 140 dan ortiq ko’p tonnali yuk mashinalaridan foydalanildi. 2011 yil aprel oyining boshida qurilish, montaj va ishga tushirish ishlari yakunlandi va yangi liniyada birinchi KNAUF-qoplama ishlab chiqarildi. 11 may kuni zavod ikki smenali tartibda, iyun o'rtalarida esa uch smenali tartibda ishlay boshladi. Va 2011 yil 22-iyungacha ushbu liniya birinchi million kvadrat metr KNAUF-qoplamasini ishlab chiqardi. Sanoat majmuasi barpo etildi, kirish yo'llari yotqizildi, yuk ortish-tushirish estakadasi, gips toshini siloslarga yuklash va saqlash uchun uskuna qurildi.

Hozirgi vaqtda "KNAUF GIPS Buxoro" MChJ XK O'zbekistonning ichki bozorida talab yuqori bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi, shuningdek, Turkmaniston, Afg'oniston kabi qo'shni davlatlarga eksport qiladi. Bu esa O'zbekistonga 1,14 million AQSh dollaridan ortiq valyuta tushumlarini jalb qilish imkoniyatini yaratdi.

BIZ SERTIFIKATGA EGAMIZ

"KNAUF GIPS BUXARA" MChJ XK ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001 xalqaro standartlari talablariga muvofiq sifat, atrof-muhit, sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish bo'yicha yaxlit tizimni joriy qildi va shu tizim asosida faoliyat olib bormoqda. Sertifikatlar Boshqaruv tizimlarini sertifikatlash bo’yicha Italiya organi ICIM tomonidan berilgan.