JAMOASIGA CHUQUR BOGʻLANGAN DUNYO DARAJASIDAGI OʻYINCHI

KNAUF shundayligicha boʻlishini nimalar hal qiladi? Bizning hamnafaslik tuygʻumiz. Bizning qurilish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlash uchun jiddiy hissa qoʻsha olish qobiliyatimiz. Bizning faqatgina eng yaxshi narsa ishlab chiqish odatimiz. Bizning birgalikda fikrlash va harakatlanishga intilishimiz. Har qanday qadam - mijozlarimiz manfaatlari uchun. DUlarning maqsadlariga erishishi va ularning muvaffaqiyati uchun. Va bizning zabardasi xodimlarimiz tufayli.

KNAUF xalqaro guruhi – dunyoning koʻpgina mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan, Ipxofen shahri (Bavariya, Germaniya)da shtab-kvartirasi boʻlgan oilaviy korxonadir. KNAUF asoschilari bizga turli sohalardan fan va texnika yutuqlarini birlashtirib, orzuni roʻyobga chiqarish mumkin ekanligiga yaxshi oʻrnak koʻrsatishdi. Ishonchli qadriyatlar koʻpchilik tomonidan yaratiladi. Biz oʻz tamoyillariga sodiq qoladigan odamlarmiz, bilar uchun “biz” “men” degandan muhimroqdir. Bizning uyimiz koʻpchilik tomonidan qurilgani bois, u mustahkamdir.

BIZNING QARASHIMIZ

KNAUF oʻlchov belgilaydi:

  • gips asosida mahsulot va tizimlar yaratishda,
  • energosamarali va izolyatsion materiallarni ishlab chiqarishda,
  • bozor standarlari va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarda.

Biz oʻzimizning marketing siyosatimiz, innovatsiyalar va ishlab chiqarish mukammaligi bois oldindamiz. Bizning maqsadlarimiz bizga barqaror va yanada tezkor yuksalishni taʼminlab beradi.

BIRLASHISH VA HAMKORLIK

Gips asosidagi zamonaviy qurilish materiallarini, shuningdek izolyatsion materiallar, quyma detallar, qadoqlovchilar, qurilish uskunalari va qurilish qimyosi mahsulotlarini ishlab chiqishda milliy va xalqaro yetakchi boʻla turib, biz koʻpchiligi biz bilan mana koʻp yillardan beri ishlab kelayotgan mijozlarimizga ishonchli sherik boʻlib qolamiz. Nimaiki bizda boʻlsa – texnologiyalar/ mahsulotlar, tizimli yechimlar/ bizning maslahat va servis koʻmagimizYu bularning barchasi yagona maqsad, mijozimizda boʻlgan gʻoyani roʻyobga chiqarish ga xizmat qiladi.

MISSIYA

KNAUF – ishonchli, sogʻlik uchun xavfsiz va shinam uy joylarni yaratish bozorida yetakchidir. KNAUFning qurilish uchun mahsulot va tizimlari innovatsion, tabiiy muhitga mos, energo samaraliYu ertangi kun talablariga javob beradi va adolatli baho boʻyicha taklif etiladi.