"QURUQ QURILISH" | |
---|---|
1-kun | |
9.00-13.15 | Roʻyxatdan oʻtkazish, xavfsizlik texnikasi boʻyicha instruktaj oʻtkazish, oʻquv-metodik adabiyot va maxsus ish kiyimlarini berish. Nazariy mashgʻulotlar. KNAUFning komplektli tizimlari. “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ tomonidan ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan qurilish materiallarining asosiy fizik-texnik xossalari va nomlari. |
14.00-17.00 | Amaliy mashgʻulotlar. Asbob-uskunalar va ulardan xavfsiz foydalanish usullari bilan tanishish. KNAUF gipskarton listlari (GKL) va KNAUF akvapanellari, profillar, keramik plitkalarni qirqish va ishlov berish. |
13.15-14.00 | Tushlik (mustaqil ravishda). |
2-kun | |
9.00-10.20 | Nazariy mashgʻulotlar. Tashqi devorlarning ichki pardozi. Xonalar oʻrtasida turli xil pardevorlarni oʻrnatish. |
10.30-17.00 | Amaliy mashgʻulotlar. Xonalar oʻrtasida turli xil pardevorlarni montaj qilish. |
13.15-14.00 | Tushlik (mustaqil ravishda). |
3-kun | |
9.00-10.20 | Nazariy mashgʻulotlar. Turli xil osma shiftlarni oʻrnatish. |
10.30-17.00 | Amaliy mashgʻulotlar. Osma shiftlarni montaj qilish. Boloxonali derazalarni montaj qilish va boloxonalarni pardozlash. |
13.15-14.00 | Tushlik (mustaqil ravishda). |
4-kun | |
9.00-10.20 | Nazariy mashgʻulotlar. Quyib tayyorlanadigan oʻzi toʻgʻrilanadigan va quruq pollarni oʻrnatish. Devorlarni “KNAUF GIPS BUXORO” MChJ materiallari bilan pardozlash. |
10.30-17.00 | Amaliy mashgʻulotlar. Quyib tayyorlanadigan pollarni oʻrnatish, vertikal va gorizontal tutashgan joylarni KNAUF GKL va KNAUF akvapanellari bilan bekitish, KNAUF GKLni yelimlash, sopol plitka bilan qoplash, burchaklarni pardozlash. |
13.15-14.00 | Tushlik (mustaqil ravishda). |
5-kun | |
9.00-13.00 | Oʻquv filmini tomosha qilish, suhbatlashish, sertifikat topshirish. |