Gipskarton uchun KNAUF kesgich

Eni 120 mm gacha boʻlgan gipskarton qoplama qirqimlarini kesishda qo`llaniladi. Kesish biri-biriga qarama-qarshi joylashgan pichoqlar yordamida amalga oshiriladi, bu - kesilgan qirqimlarda qirralarning tez va qoʻshimcha harakatlarsiz tekis kesilishi imkonini beradi. Qirqim kengligining aniqligini asbobga tushirilgan millimetrli shkala taʼminlaydi.

Mazkur asbob bilan ishlashga moʻljallangan plita oʻzagining maksimal qalinligi 15 mm.

Kesgich chuqurligi o’zgaradigan prujinali metall asosdagi juft tig’larga ega, tutqichi plasmassadan ishlangan.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • KNAUF firmasi tomonidan taklif etilayotgan asboblarning yuqori sifati kompaniya ishlab chiqarayotgan mahsulotning tekshirilgan sifatiga mos.
  • Professionallar va oddiy havaskorlarga moʻljallangan.
  • Xavfsiz va qulay ish uchun barcha zarur sharoitlar bilan taʼminlaydi.
  • Qoʻllash oson va xavfsiz.
  • Narx va sifatning maqbul yechimi.
  • KNAUF kompaniyasi mahsuloti bilan ishlash uchun maxsus shakllantirilgan keng assortiment.