Afzalliklari
- Yoʻnaltiruvchi profil bilan asosning tirqishlar va mahsulot tokchalarini deformatsiya qilmasdan zich holda birikishini taʼminlaydi
- Ustun KNAUF-profilning oʻlchami (50 mm) gipskarton qoplamalarini oʻrnatish paytida ustaning burama mixlarni qoqish ishini ancha yengillashtiradi, bu ayniqsa iki qatli qoplamalarda juda qoʻl keladi, chunki burama mixning profil tokchasining yoniga kirish ehtimoli deyarli bartaraf etiladi
- KNAUF-profil (PU) afzalliklariga mahsulot tokchasida uning qattiqligini kuchaytiradigan boʻylama ariqchalarni misol qilish mumkin. Markaziy ariqcha kaskasni toʻgʻri yigʻish va gipskarton listlarini oʻrnatishda moʻljal vazifasini oʻtaydi
- Profil devorida kamida ikki juft 33 mm diametrli teshikchalar mavjud boʻlib, ular muhandislik kommunikatsiyalar montajini pardevor va devor qoplamalarining ichidan oʻtkazish imkonini beradi.