KNAUF-profil yoʻnaltiruvchi (PY)

Yoʻnaltiruvchi KNAUF-profil (PU) TSH 24.33.11-012-04001508-2020 qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, zamonaviy profil bukuvchi uskunada yupqa poʻlat tasmadan sovuq chigʻirlash usuli orqali hosil qilingan uzunchoq element shaklidadir.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • Yoʻnaltiruvchi metall KNAUF-profillari mahsulot devorida dyubellarni oʻrnatish uchun koʻzda tutilgan 8 mm diametrli tayyor teshik bilan ishlab chiqiladim bu esa oʻz navbatida yuk koʻtaruvchi asosga profilni mahkamlash jarayonini osonlashtiradi.
  • Zarur holatda drel yordamida dyubellara uchun qoʻshimcha teshiklarni hosil qilish mumkin.
  • Har xil konstruksiyalarni montaj qilish paytida PY KNAUF-profilning kengaytirilgan eni (40 mm) mahkamlovchi burama mixlarning qotirilishini sezilarli darajada yengillashtiradi.
  • KNAUF-profil qalinligi 0,6 mm boʻlgan yuqori sifatli poʻlatdan tayyorlangani tufayli boshqa ishlab chiqaruvchilar profillaridan mustahkamligi bilan farqlanib turadi.

Qoʻllanilishi

Metall PY KNAUF-profillar arkasimon shaklga ega boʻlib,pardevor va devor qoplamalari karkaslarida ustun profillar orasida toʻsiq hosil qilishda yoʻnaltiruvchi element sifatida ishlatiladi.

Profil KNAUF-plitalar (GQP-А, GQP-H2, GQP-DF, GQP-DFH2), KNAUF-superqoplamalar va boshqa KNAUF qoplama materiallari asosidagi xonalararo pardevorlar, devor qoplamalari va boshqa konstruksiyalarning karkaslarini yasashda ishlatiladi. Odatda muvofiq tur va oʻlchamdagi profil uchun yoʻnaltiruvchi element vazifasini bajaradi.

Texnik xususiyatlar

Kesimi: 50x40, 75x40, 100x40 mm;

uzunlik: 3000 (buyurtma asosida 6000 gacha) mm;

qadoq: paket, 36 pm.