AKVAPANEL® Sement plita tashqi

Yupqa suvoq qatlamiga ega tizimlarda yuk koʻtaruvchi asos hamda tashqi devorlar, balkonlar, lodjiyalarni qoplash, fasadlarni ta'mirlash va qayta yaratish va har xil tashqi dekorativ pardozlash variantlari: suvoq, keramik va klinker plita va b. uchun asos sifatida qoʻllaniladi.

Qiyalik radiusi 1 metrdan boshlab egri chiziqli yuzalarni hosil qilish imkonini beradi.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • AKVAPANEL® Sement plita Tashqi – chidamli ba pishiq qurilish materiali.
  • KNAUF AKVAPANEL® Sement plita Tashqi toʻgʻri burchak shaklida boʻlib, portlandsement va yengil mineral toʻldirgich asosidagi oʻzakdan tashkil topadi. Plita yuzasi (orqa va old tarafi) shishatoʻr bilan oʻzaklangan. Yon tarafdagi qirralari qoʻshimcha tarzda shishatola bilan oʻzaklangan (EasyEdge® texnologiyasi). Plita 1 metr qiyalik radiusi bilan bukiladi, bu esa uni egri chiziqli yuzalarda ishlatish imkonini beradi.
  • Material “quruq qurilish” texnologiyasining barcha afzalliklarini taʼminlaydi, uning pishiqligini gʻisht va bloklar xususiyatlari bilan solishtirish mumkin.
  • KNAUF AKVAPANEL® Sement plita Tashqi haddan ortiq noqulay ob-havo sharoitlariga dosh beradigan pishiq asos bilan taʼminlaydi.
  • Mutlaq namlikka chidamlilik – material shishmaydi va uvalanmaydi. Mogʻorlash va zamburugʻga chidamli. Pishiqligi solishtirma jismiy xususiyatlari bilan gʻisht va betonnikiga oʻxshash.
  • Agressiv kimyoviy taʼsirga chidamli. Zarbaga va deformatsiya chidamli. Yongʻin va texnik xususiyatlari yuqori, yonish guruhi YONMAS.
  • Plita tarkibi: portlandsement. EasyEdge ® texnologiyasi plitaning ikkala yon tarafida maxsus zarbaga qarshi qirralarni taʼminlaydi. Ayozga chidamli. Plitaga oson ishlov berish mumkin, uni shinchaki sindirish va kesish talab etiladi xolos.
  • Oson va tez montaj qilinadi, maxsus asbobdan foydalanish talab etilmaydi. Yuzaga ishlov berishga oid murakkab va mehnat talab qiluvchi jarayonlardan xoli. Egri chiziqli yuzalar (bukihs radiusi 1 metrgacha) va gumbazsimon shakllarni (qavariq va botiq) hosil qilish imkoniyati.
  • Zararli qoʻshimchalardan xoli ekologik toza material.

Qoʻllanilishi

AKVAPANEL® Sement plita Tashqi asosan karkas-berkitma devorlari va ventilyatsiyalanadigan fasadlar konstruksiyalarida qoplama sifatida ishlatiladi.

AKVAPANEL® Tashqi plitasi keramika va boshqa turdagi pardozlash turlari: boʻyoq, klinker va keramik plita, har xil turdagi dekorativ qoplamalar uchun asos sifatida ham xizmat qiladi. Plitani termoizolyatsion tizimlar (SFTK, ETICS) bilan birgalikda qoʻllash mumkin.

AKVAPANEL® Sement plita Tashqi binoning tashqi devorlarini barpo etishda qurilish konstruksiyalarida, masalan kaskas-panel yogʻochli uy qurilishida; poʻlat karkasdagi binolarda; monolit-karkasli uy qurilishida; osma ventilyatsiyalanadigan fasadlarda ishlatiladi.

Material shuningdek fasadlarni taʼmirlash va tiklash ishlarida ham qoʻllaniladi.

Mahsulotning ishonchliligi va xavfsizligini tavsiflovchi maqsadlar, qoʻllanish sohasi hamda koʻrsatkich va parametrlar Rossiya va Yevropaning vakolatli tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan. UJKX Vazirligining 4215-14-sonli texnik guvohnomasi va Yevropaning ETA-07/0173 texnik guvohnomasi.

Plita shuningdek Germaniyaning Rozenxaym shahrida joylashgan Qurilish biologiyasi institutining mezonlariga muvofiq sertifikatlangan, hisobot raqami: 3006-214.

Texnik xususiyatlar

- Eni 900/1200 mm plita uchun minimal bukish radiusi: 3 m;

- Eni 300 mm plita tasmalari uchun minimal bukish radiusi: 1 m;

- 1 m2 plita massasi: taxminan 16 kg/m2;

- Zichligi: 1100–1200 kg/m3;

- Bukishda pishiqlik chegarasi: ≥ 10,0 Mpa;

- Ayozga chidamliligi: ≥ 75 sikllar;

- Kislotalilik koʻrsatkichi: 12 pH;

- Egiluvchanlik moduli: kamida 4000 Mpa;

- Issiqlik oʻtkazuvchanligi: 0,35 Vt/mK;

- Quyidagi harorat intervallarida issiqlikdan kengayishi (10-6/К)

–50… +20 °C 9,33

+20… +40 °C 7,67

+20… +80 °C 3,37

- bugʻ singishiga qarshiligi: 66 μ;

- Quruq holatdan suv bilan toʻyingan holatgacha uzunligining oʻzgarishi: 0,2 %;

- Tayanch suvoq qatlamiga plitalarning ushlanish pishiqligi: ≥ 0,75 Mpa;

- Yonuvchanlik guruhi: NG;

Tabiiy radionuklidlarning solishtirma unumdorlik faolligi Maksimal 370 Bk

- Eni: 900, 1200 mm;

- Uzunlig: 1200 - 3000 mm;

- Qalinligi: 12,5 mm.

Noodatiy oʻlchamlari – faqat buyurtma asosida.