KNAUF-nonius-osma yuqori qismi

Nonius-osma uchta qism: ustki, pastki qism va fiksatordan iborat.

200 mmdan 1000 mmgacha uzunlikdagi ustki qism osma shift karkasini kerakli balandlikka tushirish imkonini beradi. Yanada aniq barobarlash Nonuis-osmaning ustki va pastki qismlarining yon tomonlarida joylashgan tuynuklarni siljitish orqali amalga oshiriladi.

Ustki va pastki qismlar fiksator yordamida birlashtiriladi: bitta Nonius-shplint yoki ikkita Nonius-skoba.

Nonius-uzaytirgich va Nonius tutashtirgich yordamida osmani istalgan oʻlchamgacha kattalashtirish mumkin.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • Shift orasida baland joy qoladi. Oʻrnatish oson va aniq bajariladi.

Qoʻllanilishi

PSh 60X27 KNAUF-profillardan yasalgan osma shift karkasini mahkamlashga moʻljallangan.

Texnik xususiyatlar

Uzunligi 200 - 1000 mm.

Qalinligi 0,9 mm.

Yuk koʻtarish quvvati - 40 kg.