Olovga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-DF (GKQO)

Oshirilgan zichlikdagi gips qurilish plitasi, alanganing yongʻin taʼsiriga bardoshli (turi D, F - GOST 32614-2012 boʻyicha)

Olovbardosh KNAUF-plita oʻzagida shisharovning mavjud. GQPO qoʻllanganda yuk koʻtarmaydigan devorlarning olovbardoshlilik chegarasi oshadi.

Olovbardosh gipskarton KNAUF-plita (GQP-DFН2) SNiP 23-02-2003 boʻyicha quruq va normal namlik rejimlariga ega xonalarda pardevorlar, osma shiftlar va devor qoplamalarini oʻrnatishda ishlatiladi.

Material konstruktiv yongʻindan himoyalanishga moʻljallanmagan. GQPO qoʻllash orqali “hoʻl” jarayonlarni bartaraf etish va taʼmirlash-pardozlash ishlari muddatini qisqartirish mumkin.

- Konstruksiyaning olovbardoshlilik chegarasini oshirish.

- Tekis yuzalarni oson hosil qilish.

- Dekorativ pardozlash va ogʻir buyumlarni mahkamlash uchun ishonchli asos.

- Murakkab arxitektura yechimlarini va egri chiziqli yuzalarni amalga oshirish imkoniyati.

- Xonada inson uchun ijobiy mikroiqlim.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • Mahsulotlar oshirilgan olovbardoshlilik xususiyatlariga ega.
  • Olovbardosh KNAUF-plitalari (GQP-DF) pardozlash ishlarida qoʻllanganda, “nam” jarayonlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
  • Mehnat unumdorligi oshadi.
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish, shu jumladan egri chiziqli yuzalarni hosil qilish imkoniyati tugʻiladi.
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi.
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi.
  • Olovbardosh KNAUF-plitalari (GQP-DF) “nafas oladi”, xonadagi namlik darajasini tartibga soladi.
  • Material tarkibi zaharli komponentlardan xoli boʻlib, inson teri kislotaligiga oʻxshash kislotalilikka egadir.

Qoʻllanilishi

OLOVBARDOSH gipskarton KNAUF-plita (GQP-DF) SNiP 23-02-2003 boʻyicha quruq va normal namlik rejimlariga ega xonalarda pardevorlar, osma shiftlar va devor qoplamalarini oʻrnatishda ishlatiladi.

Montaj ishlarining tartibi:

- olovbardosh KNAUF-plitadan (GQP- DF) yasaladigan konstruksiyaning loyihaviy holatini belgilash;

- olovbardosh KNAUF-plitani (GQP- DF) mahkamlash uchun KNAUF-profildan yasalgan karkasni oʻrnatish;

- olovbardosh KNAUF-plitani (GQP- DF) oʻrnatish va mahkamlash;

- olovbardosh KNAUF-plitalar (GQP- DF) orasidagi choklar va vintlardan qolgan chuqurchalarni KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan berkitish;

- pardozlash qoplamidan oldin yuzani gruntlash.

Tavsiyalar:

- Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 23-02-2003 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. Bunda binodagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi zarur.

- Oʻrnatishdan oldin namlka chidamli KNAUF-plitalar (GQP- DF) binoda majburiy akklimatizatsiyadan (adaptatsiya) oʻtishi kerak.

- Olovbardosh KNAUF-plitaning (GQP-DF) yon tomonlari toʻgʻri burchakli shaklga ega boʻlib, chokni hosil qilish paytida undan faskani yechish (taxminan listning 1/3 qalinligida) talab etiladi.

Texnik xususiyatlar

- Kartonning old tomondagi orqa tomondagi rangi: pushti/kulrang;

- markirovka rangi: qizil;

- qirra turi: YAYQ yarimaylana yupqalashtirilgan qirra;

- oʻlchamlari: 2500х1200х12,5 mm;

- olovbardosh KNAUF-plita massasi (GQP- DF) oʻlchami 2500х1200х12,5 mm (3 kv.m): 30,6 kg;

- paket, 50 ta list (150 m2).

Materialning yongʻin xavfi sinfi:

- КМ2

Buklanganda buzuvchi yuklanma (12,5 mm listlar uchun): Koʻndalang- 210Н, boʻylama 550Н