Namlik va olovga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-DFH2 (GTQNO)

Oshirilgan zichlikdagi gips qurilish plitasi, yongʻin alangasi va namlik taʼsiriga bardoshli (turi D, F - GOST 32614-2012 boʻyicha)

KNAUF-plita namlik va yongʻinga chidamli boʻlib, shu turdagi plitalarni tegishli xususiyatlarini oʻzida jamlaydi.

NAMLIK VA OLOVBARDOSH gipskarton KNAUF-plita (GQP-DFН2) SNiP 23-02-2003 boʻyicha quruq va normal namlik rejimlariga ega xonalarda pardevorlar, osma shiftlar va devor qoplamalarini oʻrnatishda ishlatiladi.

Material konstruktiv yongʻindan himoyalanishga moʻljallanmagan. GQP-DFН2 qoʻllash orqali “hoʻl” jarayonlarni bartaraf etish va taʼmirlash-pardozlash ishlari muddatini qisqartirish mumkin.

- Konstruksiyaning olovbardoshlilik chegarasini oshirish.

- Namlik oʻzgarishiga chidamlilik.

- Tekis yuzalarni oson hosil qilish.

- Dekorativ pardozlash va ogʻir buyumlarni mahkamlash uchun ishonchli asos.

- Murakkab arxitektura yechimlarini va egri chiziqli yuzalarni amalga oshirish imkoniyati.

- Xonada inson uchun ijobiy mikroiqlim.
Yoyish

BATAFSIL

Qoʻllanilishi

Namlik va olovga bardoshli KNAUF-plita (GQP-DFН2) xonalararo yengil pardevorlar, osma shiftlar, devor qoplamalari va konstruksiyani yongʻindan himoyalash uchun ishlatiladi.

Montajning asosiy bosqichlari:

- Namlik va olovga chidamli KNAUF-plitadan (GQP- DFН2) yasaladigan konstruksiyaning loyihaviy holatini belgilash;

- Namlik va olovga chidamli KNAUF-plitani (GQP- DFН2) mahkamlash uchun KNAUF-profildan yasalgan karkasni oʻrnatish;

- Namlik va olovga chidamli KNAUF-plitani (GQP- DFН2) oʻrnatish va mahkamlash;

- Namlik va olovga chidamli KNAUF-plitalar (GQP- DFН2) orasidagi choklar va vintlardan qolgan chuqurchalarni KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan berkitish;

- pardozlash qoplamidan oldin yuzani gruntlash.

Tavsiyalar

- Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 23-02-2003 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. Bunda binodagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi zarur.

- Oʻrnatishdan oldin namlik va yongʻinga chidamli KNAUF-plitalar (ГСП-DFН2) binoda majburiy akklimatizatsiyadan (adaptatsiya) oʻtishi kerak.

- Namlik va olovga bardoshli KNAUF-plitaning (GQP-DFН2) yon tomonlari toʻgʻri burchakli shaklga ega boʻlib, chokni hosil qilish paytida undan faskani yechish (taxminan listning 1/3 qalinligida) talab etiladi.

Texnik xususiyatlar

- Kartonning old tomondagi orqa tomondagi rangi: yashil/kulrang;

- markirovka rangi: qizil;

- qirra turi: YAYQ yarimaylana yupqalashtirilgan qirra: 2500х1200х12,5 mm;

- olovbardosh KNAUF-plita massasi (GQP- DF) oʻlchami 2500х1200х12,5 mm (3 kv.m): 30,6 kg;

- qadoq: paket, 50 list (150 m2).

Qamrovli suv shimilishi ≤10%

Materialning yongʻin xavfsizligi sinfi:

- КМ2

Buklanganda buzuvchi yuklanma (12,5 mm listlar uchun): Koʻndalang- 210Н, boʻylama 550Н