Namlikga chidamli gipskarton KNAUF-qoplama GQP-H2 (GKQN)

Namlikka chidamli gipsli qurilishi plitasi (GOST 32614-2012 boʻyicha H2 tipi) (EN 520:2009)

Namlikka chidamli KNAUF-plitaning (GQP-H2) oʻzagida suv shimilishini kamaytiradigan silikon koʻzda tutilgan. SNiP23-02-2003 boʻyicha quruq, normal va nam tartibdagi oshxona, vannaxona va hojatxona kabi xonalarda pardevorlar, osma shiftlar va devor qoplamalarini oʻrnatishda ishlatiladi. Yuqori namlikdagi joylarda quruq va hoʻl rejimdagi xonalarda namlikka chidamli KNAUF-plitalarni ishlatish tavsiya etiladi. GQP-Н2 qoʻllash orqali “hoʻl” jarayonlarni bartaraf etish va taʼmirlash-pardozlash ishlari muddatini qisqartirish mumkin.

- Namlik oʻzgarishiga chidamlilik.

- Tekis yuzalarni oson hosil qilish.

- Murakkab arxitektura yechimlarini va egri chiziqli yuzalarni amalga oshirish imkoniyati.

- Xonada inson uchun ijobiy mikroiqlim.
Yoyish

BATAFSIL

Qoʻllanilishi

Namlikka chidamli (GQP-H2) KNAUF-plitalar namlik yuqori boʻlgan xonalarda, havoning tortilishiga xizmat qiladigan ventilyatsiyani taʼminlagan holda, old taraf yuzani, masalan, gidroizolyatsiya, suvga chidamli gruntovkalar, boʻyoqlar va keramik plitalar bilan himoyalash sharti bilan, xonalararo pardevorlar, osma shiftlarni hosil qilish, devor yuzasini qoplash va konstruksiyalarni yongʻindan asrash uchun ishlatiladi.

Mahsulot oʻzagidagi materialda mavjud gidrofob qoʻshimchalar unda pasaytirilgan namlikni shimish xususiyatini taʼminlaydi.

Montaj ishlarining asosiy bosqichlari:

- Namlikka chidamli KNAUF-plitadan (GQP- DFН2) yasaladigan konstruksiyaning loyihaviy holatini belgilash;

- Namlikka chidamli KNAUF-plitani (GQP- DFН2) mahkamlash uchun KNAUF-profildan yasalgan karkasni oʻrnatish;

- Namlikka chidamli KNAUF-plitani (GQP- DFН2) oʻrnatish va mahkamlash;

- Namlikka chidamli KNAUF-plitalar (GQP- DFН2) orasidagi choklar va vintlardan qolgan chuqurchalarni KNAUF-Fugen shpaklyovkasi bilan berkitish;

- pardozlash qoplamidan oldin yuzani gruntlash.

Tavsiyalar

- Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 23-02-2003 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. Bunda binodagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi zarur.

- Oʻrnatishdan oldin namlka chidamli KNAUF-plitalar (GQP- Н2) binoda majburiy akklimatizatsiyadan (adaptatsiya) oʻtishi kerak.

- Namlikka bardoshli KNAUF-plitaning (GQP-Н2) yon tomonlari toʻgʻri burchakli shaklga ega boʻlib, chokni hosil qilish paytida undan faskani yechish (taxminan listning 1/3 qalinligida) talab etiladi.

Texnik xususiyatlar

- Karton rangi: yashil;

- markirovka rangi: koʻk;

- qirra turi:: YAYQ (yarimaylana yupqalashtirilgan qirra);

- asosiy oʻlchamlar: 2500×1200×12,5 mm;

- namlikka chidamli KNAUF-plita massasi (GQP-Н2) oʻlchami 2500×1200×12,5 mm (3 kv.m): 25 kg;

- paket, 50 ta list (150 m2).

KNAUF-plitalarning nominal geometrik oʻlchamlari:

- uzunligi: 2000 mmda 4000 mmgacha;

- eni: 600, 1200 mm;

- qalinlik: 8; 9,5; 12,5; 14; 16 mm.

Qamrovli suv shimilishi ≤10%.

Materialning yongʻin xavfsizligi sinfi: КМ2.

Buklanganda buzuvchi yuklanma (12,5 mm listlar uchun): Koʻndalang — 210Н, boʻylama 550Н.