Gipskarton KNAUF-qoplama GQP-A (GKQ)

KNAUF-plita – A tipidagi (GQP-A) gipsli qurilish plitasi. Devorni qoplash, pardevorlar, osma shiftlarni hosil qilish, shuningdek dekorativ va shovqinni yutuvchi mahsulotlarni tayyorlashga moʻljallangan qurilish-pardozlash materiali.

KNAUF-plita (GQP-A) SNiP 23-02-200 boʻyicha quruq va normal namlik rejimiga ega xonalarda, masalan mehmonxona, yotoqxona, dahliz va boshqalarda pardevorlar, osma shiftlar, devor qoplamalarini hosil qilish uchun ishlatiladi. GQPO qoʻllash orqali “hoʻl” jarayonlarni bartaraf etish va taʼmirlash-pardozlash ishlari muddatini qisqartirish mumkin.

- Tekis yuzalarni oson hosil qilish.

- Dekorativ pardozlash va ogʻir buyumlarni mahkamlash uchun ishonchli asos.

- Murakkab arxitektura yechimlarini va egri chiziqli yuzalarni amalga oshirish imkoniyati.

- Xonada inson uchun ijobiy mikroiqlim.
Yoyish

BATAFSIL

Qoʻllanilishi

- KNAUF-plita GQP-A asosan pardevor, devor qoplamalari, osma shiftlarning yengil konstruksiyalarida yupqa devorli metall ruxlangan profillar karkasiga TN burama mixlari bilan mahkamlanadigan berkitma sifatida ishlatiladi. Beton yoki gʻishtdan qurilgan yuk koʻtaruvchi devorlarni KNAUF-plitalar bilan karkassiz qoplash uchun KNAUF-Perlfiks yoki KNAUF-Fugen yordamida mahkamlagich qoʻllanadi.

- KNAUF-plitalar tuzilishi quruq holatda bukish (katta radius) yoki andozada avvaldan namlantirish va quritish (kichik radius) yoʻli bilan egriz chiziqli yuzalarni hosil qilish imkonini beradi.

- Montajdan keyin choksiz berkitma yuzasini hosil qilish list yoriqlarini KNAUF-Fugen yoki KNAUF-Uniflot shpaklyovkalari yordamida chokni qogʻoz tasma bilan oʻzaklash orqali taʼminlanadi.

- KNAUF-plitalardan yasalgan berkitmalarning yuzalari har xil turdagi dekorativ pardozlash, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, qoplama plita va boshqalar uchun tekis va mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

Tavsiyalar:

- Listlarni nam jarayonlar yakunlanganidan keyin, yopiq xona sharoitida, xonadagi harorat +10 °С darajadan past va nisbiy namlik 60 foizdan yuqori boʻlmagan holatda boshlash talab etiladi.

- KNAUF-plitani montaj qilishdan oldin ularni albatta xonada akklimatizatsiyadan (adaptatsiya) oʻtkazish lozimdir.

- KNAUF-plitaning yon tomonlari toʻgʻri burchakli shaklga ega boʻlib, chokni hosil qilish paytida undan faskani yechish (taxminan listning 1/3 qalinligida) talab etiladi.

- KNAUF-plitalar saqlash va montaj qilish texnologiyasiga rioya etishni talab qiladi.

Texnik xususiyatlar

- Karton rangi: Kulrang;

- markirovka rangi: koʻk:

- qirra turi: YAYQ (yarimaylana yupqalashtirilgan qirra);

- asosiy oʻlchamlar: 2500х1200х12,5 mm;

- KNAUF-plita massasi (GQP-А) oʻlchami 2500х1200х12,5 mm (3 kv.m): ≈25 kg;

- qadoq: paket, 50 ta list (150 m2), har xil hududlarda farqlanishi mumkin

KNAUF-plitalarning nominal geometrik oʻlchamlari:

- uzunligi: 2000 mmda 4000 mmgacha;

- eni: 1200 mm;

- qalinligi 6,5; 8; 9,5; 12,5; 14; 16 mm.

Materialning yongʻin xavfi sinfi: КМ2.

Buklanganda buzuvchi yuklanma (12,5 mm listlar uchun): Koʻndalang- 210Н, boʻylama ≥550Н.