KNAUF-MP 75

Polimer qoʻshimchalarga ega gips asosidagi yuqori adgeziyali universal quruq qorishma.
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • Yuqori unumdorlik bilan ishlash – qoʻlda surtish bilan solishtirganda 3-4 marta tezroq
  • KNAUF-MP 75 gipsli suvogʻi qoʻshimcha shpaklyovkalashni talab qilmaydigan silliq yuza bilan taʼminlaydi
  • Material hatto qalin qatlamda ham yorilmaydi
  • KNAUF-MP 75 gisp suvogʻining sarfi anʼanaviy sement-qum suvoq qorishmalaridan 2 karra kamroq
  • Suv sachratmay suvoqni 50 mm gacha boʻlgan qalinlikda bir sepmada surtiladi. Zarur holatda qalinroq qatlamlarni ikki martada surtish mumkin
  • Materialning universalligi – bir paytda suvash va shpaklyovkalash, dekorativ elementlarni yaratish, taʼmirlash va tiklash ishlari
  • Yuqori ushlanish xususiyatiga ega boʻlib, qorishma qatlamlarga ajralib ketmaydi va hatto nanlikni yaxshi shimuvchi goʻvakli asoslarda va yuqori haroratda ham suvsizlanib ketmaydi
  • xonada namlik rejimini tartibga soladi – yuza “nafas oladi” va xonada qulay mikroiqlim yaratadi
  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.

Qoʻllanilishi

KNAUF-MP 75 qorishmasi bino ichidagi devor va shiftlarni mashinaviy usulda, masalan PFT G5, PFT G4 qurilmalari yordamida yuqori sifatda suvash uchun moʻljallangan.

Qorishma qattiq asosga (gʻishtli terish, sement suvoq. Beton va hkz) surtiladi.

KNAUF-MP 75 suvogʻini normal namlikka ega xonalar, shuningdek oshxona va vannaxonalarda namlikdan himoyalovchi qoplam bilan birga foydalanish mumkin.

Bino ichida bajariladigan ishlar uchun.

Texnik xususiyatlar

- 10 mm qalinlikda surtilganda sarfi: ~ 8- 1,0 kg/m2;

- Qatlam qalinligi: devor: 8 — 50 mm, shift: 8— 15 mm;

- Pishiqlik: qisilishga: >2,5 MPа, bukilishga: >1,0 Мpa;

- Qurish: ~ 7 sutka;

- Fraksiyaning maksimal oʻlchami: 1,2 mmgacha;

- Qotgan holatdagi zichligi: ~1 000 kg/m3;

- Qadoq: qogʻoz qopda 30 kg;

- Saqlash muddati: Shikastlanmagan qadoqda 6 oy.

Gipsli quruq qorishmalar oqdan kulranggacha va hatto pushti tusda boʻlishi mumkin. Bu gips toshida tabiiy qoʻshimchalar mavjudligi bilan tushuntiriladi.

Qorishma rangi uning xususiyatlariga hech qanday taʼsir qilmaydi.