KNAUF-Rotband

Universal gips suvoq KNAUF-Rotband

Kuchli adgeziyani taʼminlovchi polimer qoʻshimchali gips asosidagi universal quruq suvoq qorishma
Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • Gipsli KNAUF-Rotband suvogʻi qoʻshimcha shpaklyovkalashni talb qilmaydigan silliq yuzani hosil qiladi.
  • Hatto qalin qatlamdagi yorilmaydi.
  • KNAUF-Rotband gips suvogʻining sarfi oddiy sement-qum suvoq qorishmalaridan 2 baravar kamroq.
  • Qalinligi maksimal 50 mm boʻlgan qatlamga oldinda suv sachratmay suvoq bir sepmada surtiladi.
  • Zarur holatda yanada qalinroq qatlamni ikki martada surtish mumkin.
  • Material universalligi – bir vaqtda suvash va shpaklyovkalash, dekorativ elementlarni tayyorlash, taʼmirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish.
  • Yuqori ushlanish xususiyatiga ega boʻlib, qorishma qatlamlarga ajralib ketmaydi va hatto nanlikni yaxshi shimuvchi goʻvakli asoslarda va yuqori haroratda ham suvsizlanib ketmaydi.
  • Xonadagi namlik darajasini tartibga soladi – yuza “nafas oladi” va xonada qulay muhit yaratadi.
  • Material ekologik toza tabiiy mineraldan (gips) tayyorlangan boʻlib, uning tarkibi inson organizmi uchun zararli moddalardan xoli.

Qoʻllanilishi

KNAUF-Rotband quruq qorishmasi beton, gʻisht, sement suvoq, penopolistirol, SQP materialdan hosil qilingan shift va devorlarni yuqori sifatda suvash uchun moʻljallangan.

Silliq beton shift va devor yuzalariga qoʻllash tavsiya etiladi.

Suvoqni normal namlikka ega xonalar, shuningdek oshxona va vannaxonalarda namlikdan himoyalovchi qoplam bilan birga foydalanish mumkin.

Bino ichida bajariladigan ishlar uchun.

Texnik xususiyatlar

- 10 mm qalinlikda surtilganda sarfi: ~8,5 kg/ m2;

- Qatlam qalinligi: devor 5 – 50 mm (100 mm gacha mahalliy), shift 5 – 15 mm;

- Pishiqligi: siqishga: kamida 2,5 МPa, bukilishga: kamida 1,0 Mpa;

- Qurishga: ~ 7 sutka;

- Fraksiyaning maksimal oʻlchami: 1,2 mmgacha;

- Qotgan holatdagi zichligi: ~950 kg/m3;

- Qadoq: qogʻoz qop 30; 25; 10 va 5 kg, polietilen qop 5 kg;

- Shikastlanmagan qadoqda saqlash muddati: Qogʻoz qopda 6 oy, polietilen qopda 12 oy.

Gipsli quruq qorishmalar oqdan kulranggacha va hatto pushti tusda boʻlishi mumkin. Bu gips toshida tabiiy qoʻshimchalar mavjudligi bilan tushuntiriladi.

Qorishma rangi uning xususiyatlariga hech qanday taʼsir qilmaydi.