Butun tavsif
KNAUF S 629S komplekt tizimi – shovqinni yutuvchi devor qoplamasini hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.
Suvdispersiyali boʻyoqlar bilan galdagi boʻyash ishlariga moʻljallangan. Ohakli boʻyoqlar va suyuq shishadagi boʻyoqlarni surtish, shuningdek, boʻyash paytida pulverizatorni ishlatish mumkin emas.
Shiftning asosiy qurilish elementlari:
- KNAUF-Akustika gipskarton plitalasi;
- Metall PSh 50×50 ustun profillar.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
- Mahkamlash faqat orayopmalarga past va tepadan, berkitma devorga qotirmasdan, kommunikatsiyalar va uskunani joylashtirish uchun istalgancha joy qoldirib bajariladi.
Komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.