Har xil turdagi binolarda ham qayta tiklash, ham yangi qurilish ishlarida yuk koʻtaruvchi devorlarni pardozlash, shu bilan birga xonaning namlikka chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi.
Devor qoplamasining sirti galdagi pardozlash, masalan plita bilan qoplash yoki boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish yoki dekorativ suvoq bilan bezatishga moʻljallangan.
Qiyshiq chiziqlarni hosil qilish imkoni mavjud.
Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- devor qoplamasining loyihaviy holatini pol, shift va tayanch devorlarda belgilash;
- S 683 devor qoplamasining karkasini oʻrnatish;
- loyihada ko’zda tutilgan elektr va boshqa simlarni, shuningdek, oʻrnatiluvchi detallarni katta oʻlchamli bostirma qurilmaga montaj qilish;
- koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsiyalovchi materialni toʻshash va mahkamlash;
- AKVAPANEL® Ichki plitalarini oʻrnatish;
- Ikki sathli berkitmalarda AKVAPANEL®Ichki plitasining navbatdagi qatlami har bitta qatlamda kelgusi shpaklyovkalash bilan montaj qilinadi.
- Parmalangan burchak profillarini (BH 31x31) oʻrnatish va ularni shpaklyovkalash;
- plitalar orasidagi choklarni, burama mix qotiriladigan joylarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin gruntlash;
- polning yuza qoplamasi toʻshalgach, devor qoplamasini bezakli pardozlash.
Tavsiyalar:
pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C darajadan past boʻlmasligi kerak.