S 685

Tayanch devordan uzilgan metall karkasdagi AKVAPANEL®Ichki plitalaridan yasalgan bir sathli devor qoplamasi

  • Massa 1 kv. metr uchun–  20 kg atrofida.
  • Devor qoplamasining maksimal balandligi - 5,5 metrgacha*.

* Profillari oʻlchamidan va ustunlar qadamidan kelib chiqqan holda.

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:

  • (1) AKVAPANEL®Ichki sement plitasi 12,5 mm - 1,0 m2;
  • (2) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40)- 0,7 pog. m;
  • (3) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50)- 2,0 pog. m;
  • (4) Akustik pardevor” (“AkustiKNAUF”) mineralli tovush izolyatsiyasi (“АкустиКНАУФ”,“КНАУФ Терм® СтенаPRO”, “КНАУФ Терм® ДОМ”) - 1,0* m2;
  • (5) Burama mix SN 25 - 15 dona;
  • (6) Choklar uchun yelim – 50 ml;
  • (7) Dyubel-mix 6×40 - 1,6 dona;
  • (8) Zichlovchi tasma - 1,2 pog.m.

*  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Butun tavsif

KNAUF S 685 komplekt tizimi – tayanch devordan uzilgan metall karkasdagi AKVAPANEL®Ichki plitalari asosida bir sathli devor qoplamasi hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.

S 685 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.

Qoʻllanilishi

  • S 685 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni devorni qoplash ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.
  • Darz ketmasdan va uvoqlanmasdan namlikka yaxshi chidamliligi bilan farqlanadi.
  • Tayyor yuzaning sifati aʼlo holatda boʻladi.
  • Yongʻinga qarshi yuksak texnik xususiyatlar.
  • Yuzaga ishlov berishda mehnat talab qiluvchi jarayonlardan xoli.
  • Quruq qurilish texnikasi uzoq vaqt quritishga hojat qoldirmaydi.
  • Maxsus asbob ishlatilishi talab etilmaydi.
  • Qurilish ishlariga sarflanadigan xarajatlarni qisqartiradi.

Afzalliklari

Devor qoplamasining montaji pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C darajadan past boʻlmasligi kerak.