Butun tavsif
KNAUF S 631.1 komplekt tizimi – tayanch devorga mahkamlangan poʻlat karkasda ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.
Devor qoplamasining asosiy tarkibiy elementlari:
- KNAUF-Fayerbord plitalari;
- shift uchun (PSh 60x27) va yoʻnaltiruvchi (PY 28x27) po’lat profillar hamda to'g’ri osma.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
Karkas tizim. Karkas bir qatlamli KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplanadi. Karkas shift profillaridan (PSh 60X27) tayyorlanib, polda va yo’naltiruvchi (PY 28X27) shift profillarida shiftda qotirilib, to'g’ri osma yordamida devirga mahkamlanadi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 631. 1 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.