Butun tavsif
KNAUF S 631.2 komplekt tizimi – tayanch devorga mahkamlangan poʻlat karkasda ikki sathli devor qoplamalarini yaratish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir. Tayyor boʻlgan shift konstruksiyasi binoning yuk koʻtaruvchi elementi hisoblanmaydi.
Devor qoplamasining asosiy tarkibiy elementlari:
- KNAUF-Fayerbord plitalari;
- gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ);
- shift uchun (PSh 60x27) va yoʻnaltiruvchi (PY 28x27) po’lat profillar hamda to'g’ri osma.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
karkas tizimi. Karkas KNAUF-Fayerbord plitalaridan (tashqi qatlam) va gipskarton qoplamalardan (ichki qatlam) ikki qatlamli omixta berkitma bilan qoplangan. Karkas shift profillaridan (PSh 60X27) tayyorlanib, polda va yo’naltiruvchi (PY 28X27) shift profillarida shiftda qotirilib, to'g’ri osma yordamida devirga mahkamlanadi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 631. 2 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.