Butun tavsif
KNAUF S 611 komplekt tizimi devorlarni yelim bilan qoplash uchun maxsus saralangan materiallarning toʻliq toʻplamidan iborat.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
- karkassiz tizim;
- gipskarton KNAUF-qoplama tayanch devorga yelim bilan mahkamlanadi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 611 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.