S 626 tizimi quruq va normal namlik rejimiga ega barcha toifadagi (A, B va V) turar-joy, fuqaro va sanoat binolaridagi har xil xonalarda, xususan rekonstruksiya va yangi bino qurilishida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
- yuqori sifatli pardozlash va devorlarni tekislash;
- orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish;
- muhandislik kommunikatsiyalarini koʻzga tushmaydigan qilib joylashtirish;
- toʻsuvchi konstruksiyalarning tovush izolyatsiyasini oshirish;
- toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlik izolyatsiyasini oshirish;
- toʻsuvchi konstruksiyalarning olovbardoshliligini oshirish (olovbardoshlilik chegarasi va yongʻin xavfi sinfi meʼyorlangan hamda qoplamaga yongʻinga qarshi/texnik xususiyatlar talabi qoʻyilganda).
Devor qoplamasining yuzasini kelgusida bezakli pardozlash, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish va boshqalar bilan qoplash mumkin.
Montaj ishlarining tartibi,
- devor qoplamasining pol, shift va tayanch devorlarda belgilash;
- S 626 devor qoplamasi karkasini montaj qilish;
- loyihada ko’zda tutilgan elektr va boshqa simlarni, shuningdek, oʻrnatiluvchi detallarni katta oʻlchamli bostirma qurilmaga montaj qilish;
- loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsiyalovchi materialni toʻshash va mahkamlash;
- vertikal moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamani (GKQ oʻrnatish;
- gipskarton qoplamalar orasidagi choklarni, burama mix qotiriladigan joylarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin gruntlash;
- polning tashqi yuzasini oʻrnatgach, devor yuzasining bezakli pardozlash ishlarini bajarish.
Tavsiyalar
Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin, barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.
Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak.
Uzluksiz devor qoplamalarida deformatsion choklarning oʻrnini 10-15 sm interval bilan koʻzda tutish zarur.