S 385.1

Batafsil maʼlumot uchun www.aquapanel.ru saytidagi “Komplekt tizimlar” boʻlimiga qarang.

  • Massa 1 kv. m.–  37 kg atrofida.
  • Pardevorning maksimal balandligi -  8 metrgacha*;
  • Pardevor qalinligi 130 mm dan 230 mm gacha*;
  • Tovush izolyatsiyasi indeksi, Rw – 58 dB**;
  • Olovbardoshlilik chegarasi - EI 60.

* Karkas profillari o`lchamidan kelib chiqqan holda.

** KNAUF Insuleyshn “Акустическая перегородка” izolyatsiyasidan foydalanilganda.

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni:

  • (1) AKVAPANEL®Ichki sement plitasi 12,5 mm - 2,0 m2;
  • (2) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40)- 1,4 pog.m.;
  • (3) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50)- 4,0 pog. m.;
  • (4) “Akustik pardevor” (“АкустиКНАУФ”) mineralli tovush izolyatsiyasi - 1,0 m2;
  • (5) Burama mix SN 25– 30 dona;
  • (6) AKVAPANEL® Oʻzaklovchi tasma - 2,1 pog. m.
  • (7) KNAUF-Multifinish (KNAUF-Sevener) shpaklyovkasi- 1,4 kg;
  • (8) Dyubel-mix 6×40 - 3,2 dona;
  • (9) Zichlovchi tasma - 2,4 +0,5 pog.m.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

Yoyish

BATAFSIL

Butun tavsif

KNAUF S 385.1 komplekt tizimi – bu ikkala tarafidan ibr qatlamli AKVAPANEL®Ichki plitalari bilan qoplangan juft profilli metall karkasdan iborat pardevorni hosil qilish uchun maxsus tarzda tanlangan zarur materiallarning toʻplamidir.

Konstruksiya namlikka yuqori darajada chidamli.

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.

S 385. 1 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.

Qoʻllanilishi

Turli xonalarda ichki toʻsuvchi konstruksiya sifatida ishlatiladi.

Sirti yakuniy pardozlash, masalan, plita bilan qoplash, boʻyash, gulqog`oz yopishtirish yoki dekorativ suvoq bilan pardoshlashga mo`ljallangan.

Namlik yuqori, hoʻl holatda ishlatiladigan va isitilmaydigan xonalarda qoʻllash tavsiya etiladi.

Montaj jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:

  • pardevorning loyihaviy holatini pol, shift va tayanch devorlarda belgilash;
  • S 385.1 pardevorining karkasini oʻrnatish;
  • Karkas ichida turgʻun uskunani mahkamlash uchun elektr simlar va oʻrnatma detallarni montaj qilish;
  • Gorizontal AKVAPANEL®Ichki plitalarini karkasning bir tomoniga oʻrnatish va qotirish;
  • Agar bu loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsion materialning ustunlari orasidagi boʻshliqda qotirish;
  • AKVAPANEL®Ichki plitalarini karkasning narigi tomoniga oʻrnatish va qotirish;
  • Toza polni toʻshagandan keyin yuzani bezakli pardozlashga tayyorlash.

Tavsiyalar:

Pardevorni oʻrnatish ishlarini pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Shu bilan birga, xonadagi harorat +10°C dan past boʻlmasligi.

Afzalliklari

  • Juft metall karkasdagi bir sathli AKVAPANEL®Ichki plitalari bilan qoplangan C 385.1 pardevori – bu gʻisht va beton konstruksiyalari uchun jiddiy muqobil hisoblanib, har qanday yuza, xususan qoplama plitka  uchun mustahkam asos vazifasini bajaradi.
  • Darz ketmasdan va uvoqlanmasdan namlikka yaxshi chidamliligi bilan farqlanadi.
  • Pardevorning tayyor yuzasi aʼlo sifatda.
  • Yongʻinga qarshi yuksak texnik xususiyatlar.
  • Konstruksiya elementlarini oson va tez oʻrnatish.
  • Yuzaga ishlov berishda mehnat talab qiluvchi jarayonlardan xoli.
  • Quruq qurilish texnikasi uzoq vaqt quritishga hojat qoldirmaydi.
  • Maxsus asbob ishlatililishi talab etilmaydi.
  • Qurilish ishlariga sarflanadigan xarajatlarni qisqartiradi.
  • S 385. 1 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni nam va shilta rejimda foydalaniladigan toʻsuvchi konstruksiyani yaratish ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi.