Butun tavsif
KNAUF S 111 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) bir sath qilib qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallar majmuasidir.
Gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi.
Pardevorning asosiy qurilish elementlari:
- gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ);
- yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
- bir sathli gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikkala tomoni qoplangan metall profil karkasdan yasaladi.
- karkas perimetr boʻyicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va oʻz navbatida karkasga mahkamlanib, mustahkam konstruksiya hosil qiladigan gipskarton qoplamalarning yuk koʻtaruvchi qismi hisoblanadi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 111 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.