Butun tavsif
KNAUF S 116 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tezrda tanlangan materiallar majmuasidir.
Gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi.
Pardevorning asosiy qurilish elementlari:
- gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ);
- yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
- gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) uch qatlam qilib ikkala tarafidan qoplangan va kommunikatsiya uchun boʻshliiqa ega boʻlgan metall profil karkasidan iborat;
- karkas perimetr boʻyicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va oʻz navbatida karkasga burama mix bilan mahkamlanib, mustahkam konstruksiya hosil qiladigan gipskarton qoplamalarning yuk koʻtaruvchi qismi hisoblanadi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 116 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.