Butun tavsif
KNAUF S 132 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib va bir qatorli poʻlat karkasda KNAUF-Fayerbord plitalari bilan qoplangan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tazrda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Elementlab yigʻiladigan pardevorlar yuk koʻtaruvchi konstruksiya hisoblanmaydi.
Pardevorning asosiy qurilish elementlari:
- KNAUF-Fayerbord plitasi (GKQ);
- gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ);
- yoʻnaltiruvchi Psh va ustun PY metall profillari.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
- pardevor bir tomondan ikki qatlamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQ) va boshqa tomondan omixta material (tashqi qatlami – KNAUF-Fayerbord, ichki qatlami gipskarton KNAUF-qoplamalar) bilan qoplangan po’lat profil karkasdan yasalgan;
- karkas perimetr bo’yicha qurilish konstruksiyalariga mahkamlanadi va o’z navbatida qattiq konstruksiya hosil qilib, karkasga burama mixlar bilan mahkamlanadigan gipskarton qoplamalar va plitalar uchun yuk ko’taruvchi qism hisoblanadi;
- o’tda yonmas qoplama pardevorning faqat bir tomonidan talab etilgandagina omixta qoplama qo’llaniladi.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
S 132 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.
Bir qatorli poʻlat karkasda mineral paxta toʻldirilib, bir tomoni ikki qatlam gipskarton qoplamalardan va boshqa tomoni omixta qoplama (tashqi qatlami – KNAUF-Fayerbord, ichki qatlami – gipskarton KNAUF-qoplama) bilan qoplangan pardevor