Butun tavsif
KNAUF P 232 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Shiftning asosiy qurilish elementlari:
- KNAUF-Fayrboard plitasi;
- Shift uchun metall PSh 60x27 va yoʻnaltiruvchi PY 28x27 profillari KNAUF-profillari.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari:
osma shiftning tayanch shiftga osmalar yordamida mahkamlangan asosiy elementlari va KNAUF-Fayerboard plitalaridan berkitma qotiriladigan yuk koʻtaruvchi profillar turli darajalarda joylashadi.
Zaruratga qarab ikki sathli berkitmani yasashda ichki qatlam gipskarton qoplamalarini ishlatish mumkin. Issiqlik va tovush izolyatsiyasini kuchaytirish uchun karkas boʻshligʻiga oʻtda yonmas mineral plitalar joylashtirilishi mumkin.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
P 232 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqariladi, qatʼiy sifat nazoratidan oʻtkaziladi, komplekt tizimida muayyan vazifaga moslashtirilib, uzoq foydalanish davrida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.