Butun tavsif
KNAUF P 131 (P 231 komplekt tizimi – bir qatorli metall karkasda yuk koʻtaruvchi osma tayanchga mahkamlanmaydigan oʻz yukni koʻtaruvchi osma shift hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tarzda tanlangan materiallarning toʻliq majmuasidir.
Shiftning asosiy qurilish elementlari:
- gipskarton KNAUF-qoplama (gipstolali KNAUF-superqoplama);
- Yoʻnaltiruvchi PY 50 (75,100)x40 va ustun PU 50 (75,100)x50 metall KNAUF-profillar.
Komplekt tizimining butun tarkibi va 1 kv. metr shift uchun talab etiladigan materiallar soni bilan “Texnik parametrlar” boʻlimida tanishing.
Mazkur tizimning farqlovchi jihatlari: osma shiftning asosiy profillari xonani ajratuvchi konstruksiyalarning uzun tomoniga mahkamlanadi. P 131 (P 231) osma shiftning asosiy profillari KNAUF pardevor tizimlarining PY-profillari hisoblanadi.
Osma shiftning yuk koʻtatuvchi profillari asosiy profillarga qoʻyilib, LB burama mixlari bilan birlashtiriladi va ularga gipskarton KNAUF-qoplama (KNAUF-superqoplama) mahkamlanadi.
P 131 (P 231) osma shiftning yuk koʻtaruvchi profillari KNAUF pardevor tizimlarining PU-profillari hisoblanadi.
Bitta yuk koʻtaruvchi profil sifatida bitta Pu-profil yoki oʻzaro devorlar orasida LB burama mixi bilan maksimal 750 mm masofadan juftlangan ikkita PU-profil boʻlishi ham mumkin.
Issiqlik va tovush izolyatsiyasini kuchayitirish uchun karkas boʻshligʻiga oʻtda yonmas mineral plitalar joylashtirilishi mumkin.
Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi.
P 131 (P 231) komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.