7 kun davomida 12 ta festival: KNAUF Quruvchilar kunini nishonlashga taklif etadi
Bayram tadbirlari O‘zbekistonning 12 ta shahrida, 13–19-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bayram hududlariga kirish vs barcha tadbirlar ishtirok etish – bepul.
13-avgustda O‘zbekistonda KNAUF tomonidan Quruvchilar kuni sharafiga tashkil etilgan strit-festivallar ketma-ketligi start oladi. Tadbirlar Toshkentda boshlanadi, so‘ngra butun mamlakatni qamrab oladi. Festivallar shaharliklarning sevimli maskanlari: bog‘lar, maydonlar, savdo markazlarida o‘tkaziladi.
KNAUF tadbirlariga kirish doimo hamma uchun ochiq, barcha tadbirlar – bepul.
«Quruvchilar kuni munosabati bilan katta xalq saylini tashkil etish – O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasining yaxshi an'analaridan biri. Biz quruvchilar va ustalar bilan ishlaymiz va ishchi kasblarni ommalashtirish hamda jamiyatda ularning obro‘sini oshirish qanchalik muhim ekanini bilamiz.
Festival shiori – «GoKo’chaga!» - bu monitorlar ortida unutilayotgan jonli, insoniy muloqotga chorlovdir. Kompyuter, televizor va gajetlarni bir oqshom bo‘lsa ham, chetga suring. KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash uchun keling», — dedi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.
KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash quyidagilarni ifoda etadi:
● bejirim gips haykalchani tanlab, o‘z qo‘lingiz bilan bo‘yash – festival jajji mehmonlarining sevimli mashg‘uloti;
● g‘ayrioddiy fotohududda oilaviy yoki do‘stlar davrasida suratga tushish;
● devorlarga suratlar chizish. Bu safar munkin bo’ladi!
● do‘stlar bilan basketbol o‘ynash. Kim ko‘proq ochko yig‘adi?
● ko‘cha o‘yinlarida bolalikni yodga olish. Lanka, arqon sakrash, klassik o‘yinlar o‘ynashga tayyormisiz?
● raqs bo‘yicha mahorat saboqlarida g‘ayrat-shijoatga to‘lish.
KNAUF kompaniyasi doim bolalarga alohida e'tibor beradi. Quruvchilar kuni sharafiga o‘tkazilayotgan festivallarda animatorlar jajji mehmonlarga havo sharlari va suvenirlar hadya etadilar. Yoshi katta mehmonlarni sovrinli tanlovlar kutadi.