“ME’MOR//2021” II ME'MORCHILIK KO‘RIK-TANLOVI
Barqaror meʼmorchilik – shaharsozlikka bo‘lgan ongli yondashuv
Ko‘rik-tanlovda meʼmorchilik-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga litsenziyasi bo‘lgan meʼmorlar, meʼmorlik byurolari, studiyalar, ustaxonalar, qurilish va loyihalash tashkilotlari, restavratorlar va developerlarning, shuningdek dizaynerlar, sohaga oid OTM talabalari va jurnalistlarning bepul qatnashishlari nazarda tutilgan.
Tanlov to‘g‘risidagi asosiy maʼlumotlar, qatnashish uchun ariza va materiallarni shakllantirishga bo‘lgan talablar Tanlovning rasmiy saytiga https://memor2021.uz joylashtirilgan
Tanlovda qatnashish uchun ariza elektron shaklda Tanlovning rasmiy saytida https://memor2021.uz barcha qoidalarga qat'iy amal qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin beriladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalardan iborat:
- - Uy-joy va jamoat binolari va inshootlari (qurilgan binolar, loyihalar)
- - Xususiy Meʼmorchilik (qurilgan binolar, loyihalar)
- - Shahar hududlarini obodonlashtirish (amalga oshirilgan loyiha, loyihalar)
- - Sohaga oid OTM talabalarining tanlovi
- - Jurnalistlar uchun “Meʼmorchilik ommaviy axborot vositalarida” tanlovi
Tanlovning xronologiyasi:
- - Tanlovning o‘tkazilish muddati: 2021-yil 01 maydan 17-sentyabrgacha
- - Ariza berish muddati: 2021-yil 01-maydan 31-iyulgacha
- - Tanlovga materiallarni taqdim etish muddati: 2021-yil 01-maydan 31- iyulgacha*
- - Ekspertlik kengashining ish muddati: 2021 yil 1-avgustdan 31-avgustgacha
- - Tanlov hakamlar hay'atining ish muddati: 2021-yil 1-sentyabrdan 15-sentyabrgacha
- - Mukofotlash marosimi 2021-yil 17-sentyabrda o‘tkaziladi.
*Ko‘rsatilgan tegishli muddatlardan keyin materiallar qabul qilinmaydi.
Muvaffaqiyat tilab, “Me’mor//2021” tanlovi tashkilotchilari!
Bog‘lanish uchun ma'lumotlar:
E-mail: [email protected]
Sayt: www.memor2021.uz