Toshkentda Quruvchilar kuniga bag‘ishlangan strit-art festivali o‘tkaziladi

900х600-карта-UZB.jpg

Dasturdan balandligi 8 metrli jonli surat va teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishi, graffiti bo‘yicha mahorat saboqlari, bolalar uchun mahorat saboqlari, brend tovarlari va xayrli ishga qo‘l urish imkoniyati o‘rin olgan. Tashkilotchi – KNAUF kompaniyasi.

Bu yil har yilgi Quruvchilar kunini KNAUF bilan birgalikda nishonlash Central Park`da, strit-art festivali shaklida o‘tadi. Kirish hamma uchun ochiq, mahorat saboqlari va boshqa tadbirlar – bepul.

Toshkentda strit-art festivalining kreativ qismi o‘zbek musavviri Rustam Bozorov chizgan suratdagi jonlangan uy bo‘ladi. “Chilonzordagi turar joy” surati 8 metrli ulkan installyasiyaga aylanadi. U “Ilhom” teatri aktyorlari tomonidan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishiga zamin bo‘ladi. Festivalga tashrif buyurganlar bu uyda yashovchilarning sodda, samimiy va ta'sirchan hayotining tomoshabini va qatnashchisiga aylanadilar.

«Quruvchilar kuni munosabati bilan katta xalq saylini tashkil etish – O‘zbekistondagi KNAUF kompaniyasining yaxshi an'analaridan biri. Biz quruvchilar va ustalar bilan ishlaymiz va ishchi kasblarni ommalashtirish hamda jamiyatda ularning obro‘sini oshirish qanchalik muhim ekanini bilamiz.

Bizning Quruvchilar kunimiz, an'anaviy ravishda, bir tomondan san'atga, boshqa tomondan oilaviy qadriyatlarga bog‘lanadi, chunki yaxshi ta'mir – bu ham san'at, KNAUF esa, uydagi iliqlik va qulaylik demakdir.

Festival shiori – «Go ko’chaga!» - bu monitorlar ortida unutilayozgan jonli, insoniy muloqotga chorlovdir. Kompyuter, televizor va gajetlarni bir oqshom bo‘lsa ham, chetga suring. KNAUF bilan Quruvchilar kunini nishonlash uchun Central Park`ka keling», — dedi O‘zbekistondagi KNAUF korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko.

Festival mehmonlari:

     ● graffiti bo‘yicha mahorat sabog‘iga tashrif buyurishlari, graffiti-musavvirlar qanday ishlashlarini ko‘rib, ko‘cha san'atining bu turida o‘zlarini sinab ko‘rishlari;

     ● rezina, lanka kabi xalqona o‘yinlarda o‘ynab, bolalikni yodga olishlari;

     ● sport hududida chigal yozishlari (basketbol, stol tennisi);

     ● farzandlari bilan bolalar uchun mahorat saboqlarida qatnashishlari;

     ● ulkan shashka (xuddi “Harri Potter”dagidek, faqat shashka) o‘ynashlari;

     ● brend tovarlariga ega bo‘lishlari mumkin.

Tanlovlardagi g‘alaba uchun ishtirokchilar jetonlarga ega bo‘ladilar. Ularni maxsus tashkil etilgan nuqtalarda KNAUFdan kreativ brend tovarlariga almashishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda xayrli ishga qo‘l urish – qo‘shimcha jetonlar “xarid” qilib, ONA xayriya jamg‘armasi (murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlash) va “Mushukkent” ijtimoiy loyihasi (ko‘cha mushuklari uchun uychalar)ga pul o‘tkazish imkoni mavjud.

Shuningdek, KNAUF bilan Quruvchilar kuni 14-dan 19-avgustgacha O‘zbekistonning barcha hududlaridagi ma'muriy markazlarda o‘tkaziladi.

Sana: 13-avgust

Manzil: Central Park

Vaqt: 18:00—22:00