S 626 berkitmasi

Tayanch devordan uzilgan metall karkasdagi KNAUF-qoplamalardan yasalganiki sathli devor qoplamasi. KNAUF komplekt tizimi.

  • Massa 1 kv. m.–  27 kg atrofida. 
  • Devor qoplamasining maksimal balandligi - 3,3 metrdan 7,2 metrgacha*. 

* Karkas profillari oʻlchami va qadamidan kelib chiqqan holda. 

Komplekt tizim tarkibi – 1 m² uchun soni: 

  • (1) KNAUF-qoplama (GQP-A, GQP-H2, GQP-DF) 12,5 mm - 2,0 m²; 
  • (2) KNAUF-profil PY 50×40 (75×40, 100×40) - 0,7 pog. m; 
  • (3) KNAUF-profil PU 50×50 (75×50, 100×50) - 2,0 pog. m; 
  • (4) “Akustik pardevor” (“АкустиКНАУФ” «КНАУФ Терm® Стена PRO», «КНАУФ Терm® ДОm») mineral tovush izolyatsiyasi - 1,0 m²; 
  • (5а) TN 25 burama mixi - 6 [7] dona.; 
  • (5b) TN 35 - burama mixi 14 [15] dona; 
  • (6) KNAUF-Fugen shpaklyovkasi - 0,5 [0,75] kg; 
  • (7) Oʻzaklovchi tasma - 0,75[1,1] pog. m; 
  • (8) Dyubel mix 6×40 - 1,6 dona; 
  • (9) Zichlovchi tasma - 1,2 pog. m; 
  • (10*) KNAUF-Tifengrund gruntovkasi - 0,1 l; 
  • (11*) KNAUF-profil BH - ** dona; 

* Rasmda pozitsiya aks etmagan.

**  Buyurtmachi ehtiyojiga qarab.

( ) Qavsda tarkibiy qismlarning variantlari berilgan.

[ ] Qavslarda devor qoplamasi balandligi gips qurilish plitasi uzunligidan katta boʻlgan holatlarga doir qiymatlar keltirilgan.

Materiallar soniga oid maʼlumotlar taxminiy boʻlib, ularda bichishga ketadigan sarflar hisob olinmagan va loyiha boʻyicha aniqlashtirishni talab qiladi.

Yoyish

BATAFSIL

Afzalliklari

  • S 626 komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasi, yaʼni devorni qoplash ishlarini yanada toʻgʻri, sifatli va tejamkor tarzda bajarish imkonini beradi. 
  • Devor qoplamani hosil qilish paytida nam sharoitda bajarilishi zarur boʻlgan har qanday noqulay jarayonlar toʻxtatilishi lozim. 
  • mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi. 
  • Bino konstruksiyasini yengillashtirish hisobiga qurilishga ketadigan umumiy xarajatlar qisqaradi. 
  • Cheksiz tasavvurdagi va turfa variantdagi arxitektura yechimlarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi. 
  • Tayyor pardozlanadigan yuzalarning yuqori sifat darajasiga ega. 
  • Devor qoplamasining yuzasi har qanday pardozlash ishlariga, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish, bezakli suvoqqa yaroqli. 
  • Xonaning issiqlik va tovushni izolyatsiyalovchi xususiyatlari yaxshilanadi. 
  • Faqatgina ekologik tozalik taʼminlanibgina qolmay, xona inson uchun ijobiy mikroiqlim ham yaratiladi. KNAUF-qoplama komplekt tizimining asosiy komponenti “nafas oladi”, havoning namlik darajasini muvozanatlaydi. 

Qoʻllanilishi

S 626 tizimi quruq va normal namlik rejimiga ega barcha toifadagi (A, B va V) turar-joy, fuqaro va sanoat binolaridagi har xil xonalarda, xususan rekonstruksiya va yangi bino qurilishida quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: 

  • yuqori sifatli pardozlash va devorlarni tekislash;
  • orayopmadagi notekisliklarni bartaraf etish;
  • muhandislik kommunikatsiyalarini koʻzga tushmaydigan qilib joylashtirish; 
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning tovush izolyatsiyasini oshirish; 
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning issiqlik izolyatsiyasini oshirish; 
  • toʻsuvchi konstruksiyalarning olovbardoshliligini oshirish (olovbardoshlilik chegarasi va yongʻin xavfi sinfi meʼyorlangan hamda qoplamaga yongʻinga qarshi/texnik xususiyatlar talabi qoʻyilganda). 

Devor qoplamasining yuzasini kelgusida bezakli pardozlash, xususan boʻyash, gulqogʻoz yopishtirish va boshqalar bilan qoplash mumkin.

Montaj ishlarining tartibi, 

  • devor qoplamasining pol, shift va tayanch devorlarda belgilash; 
  • S 626 devor qoplamasi karkasini montaj qilish; 
  • loyihada ko’zda tutilgan elektr va boshqa simlarni, shuningdek, oʻrnatiluvchi detallarni katta oʻlchamli bostirma qurilmaga montaj qilish; 
  • loyihada koʻzda tutilgan boʻlsa, izolyatsiyalovchi materialni toʻshash va mahkamlash; 
  • vertikal moʻljalli gipskarton KNAUF-qoplamani (GKQ oʻrnatish; 
  • gipskarton qoplamalar orasidagi choklarni, burama mix qotiriladigan joylarni toʻldirish va bezakli pardozlashdan oldin gruntlash; 
  • polning tashqi yuzasini oʻrnatgach, devor yuzasining bezakli pardozlash ishlarini bajarish.
 

Tavsiyalar

Montajni pardozlash ishlari bajariladigan paytda (qishda isitilgan sharoitda) toza pollarni toʻshashdan oldin,  barcha “hoʻl” ishlov jarayonlari yakunlangan va elektr hamda santexnika tizimlari oʻtkazilgan vaqtda, quruq va SNiP 50-13330-2012 “Binolarning issiqlik himoyasi” hujjatiga muvofiq normal namlikda amalga oshirish lozim. SNiP 23-02-2003 yangilangan tahriri. Bunda xonadagi harorat 10°С darajadan past boʻlmasligi kerak.

Yuqori namlik holatida (hojatxona, oshxona) namlikka chidamli gipskarton KNAUF-qoplama (GKQN) ishlatish tavsiya etiladi, shu bilan birga, devorga suv tikka tushadigan joylarda (hammom) qoplama yuzalarini KNAUF-Flexendixt gidroizolyatsiyasi bilan qoplash lozimligini hisobga olish kerak. 

Uzluksiz devor qoplamalarida deformatsion choklarning oʻrnini 10-15 sm interval bilan koʻzda tutish zarur. 

Butun tavsif

KNAUF S 626 komplekt tizimi – ikki qatorli metall karkasda gipskarton KNAUF-qoplamalardan (GKQ) ikki sath qilib qoplangan va devordan uzilgan pardevorlarni hosil qilish uchun zarur boʻlgan maxsus tezrda tanlangan materiallar majmuasidir. 

Asosiy elementlardan tashqari, komplekt tizimi muayyan qurilish vazifasining bajarilishiga yordam beradigan texnik yechimlar, ishni amalga oshirishga oid tavsiyalar hamda asbob va moslamalarni oʻz ichiga oladi. 

S 626 komplekt tizimining barcha elementlari zamonaviy texnologiyalar boʻyicha ishlab chiqariladi, jiddiy sifat nazorat oʻtkaziladi, muayyan vazifaga yoʻnaltirilgan boʻlib, komplekt tizim tarkibida uzoq foydalanish jarayonida butun konstruksiyaning mustahkamligini taʼminlaydi.